Mollaret meningiti
Mollaret meningiti | |
---|---|
Markaziy nerv sistemasi meninglari: qattiq parda, araxnoid va pia mater. | |
Mutaxassislik | Nevrologiya |
Mollaret meningiti – bu miya va orqa miyani qoplab turuvchi himoya membranalarining qaytalanuvchi yoki surunkali yalligʻlanishi boʻlib, ular birgalikda meninglar deb nomlanadi. Mollaret meningiti qayta-qayta yuzaga keladigan, xavfsiz (xavfli oʻsmasiz), aseptik meningit boʻlganligi sababli, u xavfsiz, qaytariluvchan, limfotsitar meningit deb ham ataladi[1][2]. U 1944-yilda birinchi boʻlib bu kasallikni aniqlagan fransuz nevrologi Pierre Mollaret sharafiga nomlangan[3].
Surunkali meningit „orqa miya suyuqligida pleositoz bilan bogʻliq holda 4 haftadan ortiq davom etadigan miya pardalarining taʼsirlanishi va yalligʻlanishi“ deb taʼriflangan boʻlsada, orqa miya suyuqligidagi oʻzgarishlar butun kasallik davomida aniqlanmasligi mumkin. Helbok va boshqalar taʼkidlaganidek tashxis qoʻyish qiyin boʻlishi mumkin: „Aslida tashxis qoʻyilgunga qadar yana koʻp haftalar, hatto oylar oʻtadi. Koʻp hollarda surunkali meningitning belgi va simptomlari 4 haftadan ortiq davom etibgina qolmay, balki davomli bosh ogʻrigʻi, boʻyin qotishi va hatto past darajadagi isitma bilan ham rivojlanadi“.
Belgilari va alomatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mollaret meningiti quyidagi: surunkali, takrorlanuvchi bosh ogʻrigʻi, boʻyin qotishi, meningizm va isitma, orqa miya suyuqligida (OSS) katta „endotelial“ hujayralar, neytrofil granulotsitlar va limfotsitlar bilan kechuvchi pleositoz, haftalardan yillargacha davom etadigan simptomsiz davrlardagi xurujlar hamda simptom va belgilarning oʻz-oʻzidan qaytalanishi kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Koʻpchilik odamlarda xurujlar turli xil nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqaradi. Ular surunkali kundalik bosh ogʻriqlaridan tortib, meningitning asorati tufayli yuzaga keladigan eshitish va koʻrish qobiliyatining pasayishi, nerv tizimidagi ogʻriq hamda muskullarning torayishi kabi salbiy oqibatlargacha olib kelishi mumkin. Bu alomatlar yengil yoki ogʻir darajada namoyon boʻladi. Baʼzi hollarda qisqa, faqat 3-7 kun davom etishi mumkin, qolganlari esa haftalardan oylargacha davom etishi mumkin.
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Garchi uzoq vaqt davomida Mollaret meningitining sababi nomaʼlum boʻlib kelgan boʻlsa-da, soʻnggi ilmiy izlanishlar bu kasallikni Herpes viruslari, ayniqsa HSV-2 bilan bogʻliqligini aniqladi[4][5].
Varicella zoster virusi infeksiyasidan kelib chiqqan Mollaret meningiti sindromi holatlari polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) yordamida aniqlanib, hujjatlashtirilgan. Ushbu holatlarda oddiy gerpes virusiga nisbatan oʻtkazilgan PZR tekshiruvi manfiy natija koʻrsatgan[6][7]. Baʼzi bemorlar tez-tez uchraydigan shingles (terining yalligʻlanishi) kasalligi haqida ham xabar berishadi. Suvchechak va shinglesni keltirib chiqaradigan Varitsella zoster virusi gerpes oilasining bir qismi boʻlib, baʼzan herpes zoster virusi deb ham ataladi[8]. Markaziy asab tizimining epidermoid kistalari (xolesteatoma turi), aynan kista tarkibini jarrohlik yoʻli bilan davolash Mollaret meningitini keltirib chiqarishi mumkin.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mollaret meningitida atsiklovir eng yaxshi davolash usuli hisoblanadi. Baʼzi bemorlarda kasallik takrorlanish chastotasi sezilarli darajada kamayadi, ammo boshqalarda esa oʻzgarish sezilmaydi. Koʻpincha davolash jarayoni simptomlarga qarshi kurashish, shuningdek ogʻriqlarni kamaytirish va immunitetni mustahkamlashdan iborat boʻladi.
Tahminlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Takrorlanuvchi Mollaret meningiti xurujlari odatda birinchi marta yuzaga kelganidan soʻng 3-5 yil ichida oʻz-oʻzidan bartaraf boʻladi, biroq ayrim bemorlar bu kasallik bilan ancha uzoqroq muddat yashashga majbur boʻlishlari mumkin.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shalabi, M; Whitley, RJ (Nov 1, 2006). "Recurrent benign lymphocytic meningitis.". Clinical Infectious Diseases 43 (9): 1194–7. doi:10.1086/508281. PMID 17029141. https://archive.org/details/sim_clinical-infectious-diseases_2006-11-01_43_9/page/1194.
- ↑ Raimund Helbok; Gregor Broessner; Bettina Pfausler; Erich Schmutzhard (2009). "Chronic meningitis". J Neurol 256 (2): 168–175. doi:10.1007/s00415-009-0122-0. PMID 19224317.
- ↑ Mollaret P (1944). "Méningite endothélio-leucocytaire multirécurrente bénigne. Syndrome nouveau ou maladie nouvelle? (Documents cliniques)". Revue neurologique, Paris 76: 57–76.
- ↑ Olaf Willmann; Parviz Ahmad-Nejad; Michael Neumaier; Michael G. Hennerici; Marc Fatar (2010). "Toll-Like Receptor 3 Immune Deficiency May Be Causative for HSV-2-Associated Mollaret Meningitis". Eur Neurol 63 (4): 249–251. doi:10.1159/000287585. PMID 20375513.
- ↑ ((Tarakad S Ramachandran, MBBS, FRCP(C), FACP)). „Aseptic Meningitis“. Emedicine (2010-yil 12-fevral). Qaraldi: 2011-yil 9-yanvar.
- ↑ Ohmichi, T.; Takezawa, H.; Fujii, C.; Tomii, Y.; Yoshida, T.; Nakagawa, M. (2012). "Mollaret cells detected in a patient with varicella-zoster virus meningitis.". Clinical Neurology and Neurosurgery 114 (7): 1086–7. doi:10.1016/j.clineuro.2012.02.015. PMID 22402203.
- ↑ Jhaveri, Ravi M.D.; Sankar, Raman M.D.; Yazdani, Shahram M.D.; Cherry, James D. M.D. (2003). "Varicella-zoster virus: an overlooked cause of aseptic meningitis". Pediatric Infectious Disease Journal 22 (1): 96–97. doi:10.1097/00006454-200301000-00026. PMID 12553305. https://archive.org/details/sim_pediatric-infectious-disease-journal_2003-01_22_1/page/96.
- ↑ Mollaretʼs meningitis at patient.co.uk