Monashe Abramov
Monashe Mishailovich Abramov | |
---|---|
Tavalludi |
20-dekabr 1926-yil Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
13-oktyabr 1998-yil (71 yoshda) Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston |
Istiqomat joylari | Samarqand |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | sharqshunos, tarixchi |
Sohasi | Samarqand tarixi va Buxoro yahudiylari tarixi |
Ish joylari |
Maksim Gorkiy nomidagi Samarqand pedagogika instituti Samarqand davlat universiteti |
Taʼlimi |
Samarqand pedagogika instituti Samarqand davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Akademik rahbarlari | professor Ivan Ivanovich Umnyakov |
Mashhur ishlari |
„Samarqand guzarlari“ ruscha: „Гузары Самарканда“ „Samarqanddagi buxorolik yahudiylair (1843-1917)“ ruscha: „Бухарские евреи в Самарканде (1843–1917 гг.)“ |
Mukofotlari |
Monashe Mishailovich Abramov (1926-yil 20-dekabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR — 1998-yil 13-oktyabr, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbekistonlik sharqshunos, tarixchi. Professor, tarix fanlari doktori.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monashe Abramov 1926-yil 20-dekabrda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan[1][2]. Monashe Abramov kelib chiqishi Buxoro yahudiylariga borib taqaladi. 1933−1941-yillarda Samarqand shahridagi 25-oʻrta maktabda oʻqigan[3]. 1941−1944-yillarda Samarqand pedagogika institutida, 1944−1946-yillarda Samarqand davlat universiteti tarix fakultetitda tahsil olgan.
1949-yil iyul oyida Samarqand shahridagi Maksim Gorkiy nomidagi pedagogika institutiga ishga qabul qilingan, keyinchalik O‘zbekiston davlat universiteti dotsenti vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlagan[3]. 1960–1982-yillarda Monashe Abramov Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti dekan muovini lavozimida ishlagan[2]. 1982–1998-yillarda Monashe Abramov tarix fakultetining O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasini boshqargan[1].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monashe Abramov 1998-yil 13-oktybarda Samarqandda vafot etgan[1]. Samarqanddagi yahudiylar qabristoniga dafn etilgan[4][2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monashe Abramovning ilmiy-tadqiqot faoliyati Samarqand tarixi va Buxoro yahudiylari tarixini oʻrganishga qaratilgan edi. 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi boʻlgan[1]. Monashe Abramov professor Ivan Umnyakov ilmiy rahbarligida 1958-yilda „Samarqand viloyatidagi „Qoʻshchi“ uyushmasining faoliyati (1919–1927)“ (ruscha: «Деятельность союза „Кошчи“ в Самаркандской области (1919–1927 гг.)») mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1][2].
1989-yilda tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun ruscha: „Социально-экономическая и культурная жизнь Самарканда в XVI- первой половине XIX вв.“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2]. Eng mashhur ilmiy asarlari: ruscha: „Из истории Самарканда 30-40 годов XIII века“, „Из истории Самарканда конца XIII века“, „Из истории производства самаркандской бумаги“, „История Самарканда в его микротопонимах“, „Культура народов Средней Азии XIII-XV вв., „Гузары Самарканда“ (1989), „Бухарские евреи в Самарканде (1843-1917 гг.)“ (1993), „Улугбек и благоустройство городов Узбекистана“ (1991), „Samarqand qabristonlari“ (1995), „Tazkirai adabiyoti yahudiyoni buxori“ (1997) kitoblari hisoblanadi[1][3].
1994-yil 16-dekabrda Samarqand davlat universiteti tomonidan „faxriy professor“ ilmiy unvoni berilgan[1][2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Monashe Abramov 1947-yilda „1941−1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun“ medali[2], 1994-yilda „Shuhrat“ medali, 1998-yilda „Doʻstlik“ ordeni[5], 1977-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 1987-yilda „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Шоиста Хасанова, Рахим Каюмов. „Вспоминая учителя“ (rus tilida). samcity.uz (2016-yil 28-dekabr). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Менаше Абрамов, Соломон Фатахов. Из истории и культуры бухарских евреев (rus tilida). Nyu-York: Independent Publisher,, 2014 — 292-bet. ISBN 1495133745, 9781495133749.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Шоиста Хасанова, Рахим Каюмов. „Воспоминая дорогого учителя. М.М.Абрамов“ (rus tilida). kultura.uz (2016-yil 31-dekabr). 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Абрамов Манаше Мишоэлович“. 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 27-avgustdagi „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yetti yilligi munosabati bilan fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“gi farmoni“. 2023-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 20-dekabrda tugʻilganlar
- 1926-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 13-oktyabrda vafot etganlar
- 1998-yilda vafot etganlar
- Samarqandda vafot etganlar
- „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlanganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari
- Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbekistonlik sharqshunoslar
- Oʻzbek tarixchilari