Kontent qismiga oʻtish

Moniy ibn Fatak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Moniy Ibn Fatakdan yoʻnaltirildi)

Moniy Ibn Fatak (taxminan 216 — taxminan 277) — moniyyaik taʼlimoti asoschisi. 3-asrning 30-yillarida Eron, Oʻrta Osiyo, Hindistonga safar qilib, buddizm, braxmanizm va boshqa dinlar bilan tanishgan. Keyinchalik oʻz taʼlimotini targʻib etgan. Bu taʼlimotni Eron shohi Shopur I quvvatlab, uni xristianlik va mahalliy dinlarga qarshi qoʻygan. M. zardusht kohinlarining qarshiligiga uchrab, Erondan qochishga majbur boʻlgan. Uning tarafdorlari Oʻrta Osiyo, Misr, Sharqiy Turkiston (Sinszyan), Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida kengtarqalgan. 273 yil M. Eronga qaytgan, bir oz vaqtdan soʻng qatl qilingan. Turli rivoyatlarda M.ning oʻz davrida isteʼdodli naqqosh, rassom ham boʻlgani haqida hikoya qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil