Moskva (daryo)
Moskva | |
---|---|
ruscha: Москва́, Москва́-река́ | |
Tavsif | |
Uzunligi | 473 |
Havzasi | Oka -> Volga -> Kaspiy dengizi |
Suv sarfi | 109 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Moskva (daryo) |
Moskva, Moskvareka — Rossiya Federatsiyasining Moskva va qisman Smolensk viloyatlaridagi daryo. Okaning chap irmogʻi (Volga havzasi). Uzunligi 473 km, havzasining maydoni 17,6 ming km². Moskva qirlaridan boshlanadi. Kolomna shahri yaqinida Oka daryosiga quyiladi. Krr, grunt va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Urtacha suv sarfi 109m³/sek. Noyabr dekabrdan mart oxirigacha muzlaydi. Asosiy irmoqlari: chapda — Ruza, Istra, Yauza; oʻngda — Paxra, Severka. M.da suv om-borlari va toʻgʻonlar bor. 1937-yilda M.ni Volga bilan bevosita bogʻlaydigan Moskva nomli kanal qurildi. Daryo Moskva shahrini suv bilan taʼminlaydi. Moskva kanali orqali M.ga Volgadagi Ivankovo suv omboridan yiliga 1,8 km3 suv quyiladi. M. boʻyida Mojaysk, Zvenigorod, Moskva, Jukovskiy, Bronni-si, Voskresensk, Kolomna shaharlari joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |