Muhammad Ali (kotib)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad Ali al-Kotib as-Sultoniy (16-asr) – Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattot. Buxoro xattotlik maktabi vakili. 1553-yili Buxoroda “Xamsa”ning “Sabʼai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlarini koʻchirgan. Mazkur qoʻlyozma Angliyada, Oksford universiteti Bodleyan kutubxonasida Yelliot 318-raqami ostida saqlanadi. Hajmi 340 varaq. Qoʻlyozma tarkibidagi har bir doston alohida muqovaga olingan boʻlib, matn nas­taʼliq xatida koʻchirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at.