Muhammad Amin Zohid
Avliyo | |
---|---|
Ism |
Muhammad Amin Zohid |
Tavalludi |
XVI asr |
Falsafa maktabi |
|
Muhammad Amin Zohid — (XVI asr) — shoir va muhaddis. Shayx, obid, zohid, buyuk tarbiyachi Muhammad Amin Zohid hayoti ko‘pchilikka namuna bo‘lgan. U o‘z zamonasining allomasi edi[1]. Ko‘p vaqtini diniy ilmlar mutolaasiga sarf qilib, dunyoning orzu havaslariga iltifot etmagan. Podshohlar, boylar suhbatiga rag‘bat bildirmasdilar. Faqat Buxoro xoni Ubaydulloxonga eʼtiqodlari bor edi. Hasanxoja Nisoriy yozadi: "Bir vaqtlar mazkur xon (yaʼni Ubaydullaxon) davrida sarkorlar lashkar sarfu xarajati uchun xalqdan molu jon bilan o‘lpon ola boshlaganlar, bu nomaqbul ishni to‘xtatishga hech kim jurʼat qila olmagan. Shunda Mavlono Muhammad Amin Zohid xon huzuriga borib deydilar: „Bu buyrug‘ingizda to‘rtta nomunosib ish ro‘y bergan, yaʼni amaldorlaringiz olinishi kerak kishidan olmayaptilar va olinishi kerak bo‘lmagandan esa olayaptilar, berilishi keragiga bermayaptilar va bermaslik lozim bo‘lganlarga berayaptilar. Shu bois bu o‘lponni bekor qiling“. Ubaydulloxon shu zahotiyoq mazkur o‘lponni bekor qilibdi. Muhammad Amin sheʼrlar ham yozib, ijod qilgan. Quyidagi matlaʼ uning qalamlariga mansub: Hazor bor kunad joni xud nisor yake, Nakarda shukri g‘ami yor az hazor yake. Mazmuni: shunday kishilar borki, bir yoriga ming jonlarini nisor etgan, shundaylar ham borki yorning g‘amiga shukur etmas. Buyuk shayx Muhammad Zohid qanoatda, sabrda, shukurda davrning yagonasi edi. U XVI asrda yashab ijod qilgan. Muhammad Zohidning qabri Bahouddin Naqshband mozorlarida joylashgan. Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy Muhammad Zohidni halollik, poklik, rostgo‘ylikda o‘z zamonasining yagonasi bo‘lgan deb taʼrif bergan. U toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq saqlanmagan. Ushbu kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻproq Atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy kitoblarida mavjud[2].