Muhammad Gʻazzoliy
Muhammad Gʻazzoliy | |
---|---|
Tavalludi |
22-sentyabr 1917-yil |
Vafoti |
9-mart 1996-yil (78 yoshda) Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni |
Fuqaroligi | Misr |
Taʼlimi | Al-Azhar universiteti |
Kasbi | Islom olimi va ulamosi |
Turmush oʻrtogʻi | Amina Kouta |
Mukofotlari |
• Misr Respublikasining birinchi ordeni; • Qirol Faysal mukofoti; • Pokistonning “Aʼlo darajadagi mukofoti”. |
Shayx Muhammad Gʻazzoliy (arabcha: الشيخ محمد الغزالي السقا)(1917-yil 22-sentyabr, Misr — 1996-yil 9-mart, Saudiya Arabistoni) — Islom dini va uning muqaddas kitobi Qurʼonni zamonaviy uslubda tushuntirishga intilgan asarlari bilan keng muxlislar orttirgan misrlik islom olimi. U Misrda islom dinining tiklanishiga hissa qoʻshganligi haqida ham maʼlumotlar bor[1]. Boshqa manbalarda uni “musulmonlar dunyosidagi eng hurmatli shayxlardan biri” deb ham atashgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Gʻazzoliy 1917-yilning 22-sentyabrida Iskandariya qirgʻoq qismidan janubi-sharqda, Buhayro gubernatorligining Nikla al-Inab (arabcha: نكلا العنب) kichik shaharchasida tavallud topgan. 1941-yilda Al-Azhar universitetini bitirgan[2]. Makkadagi Umm ul-Quro universiteti, Qatar universiteti va Jazoirdagi “al-Amir Abd al-Qadir” Islom fanlari universitetida dars bergan.
Ish va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]G‘azzoliy Qohiradagi Xalqaro islom tafakkuri instituti ilmiy kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari G‘azzoliy 60 da ortiq kitoblarning muallifi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi turli tillarga tarjima qilingan.
Bundan tashqari u koʻplab mukofotlar, jumladan, Respublikaning birinchi ordeni (Misr, 1988-yil), Qirol Faysal mukofoti (1989-yil) va Pokistonning “Aʼlo darajadagi mukofoti” sohibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti va vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Gʻazzoliy Amina Kouta ismli ayol bilan turmush qurgan boʻlib, ularning 7 nafar (2 nafar o‘g‘il va 5 nafar qiz) farzandlari boʻlgan. Gʻazzoliy 1996-yilning 9-mart kuni Saudiya Arabistoning poytaxti Ar-Riyod shahridagi boʻlayotgan ilmiy konferensiyada maʼruza qilayotgan paytida yuruk xurujidan vafot etgan[1] va Saudiya Arabistonining Madina shahriga dafn etilgan. U Misrda mashhur shayx bo‘lgan va vafotidan keyin ham shunday bo‘lib qolgan.
Ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻazzoliy 94 ta kitoblarning muallifi. Uning baʼzi kitoblarida quyidagilar mavjud[1]:
- Islom va zamonaviy iqtisodiyot;
- Islom va siyosiy despotizm;
- “Xristianlik va Islom o'rtasidagi fanatizm va tolerantlik” nomli ensiklopediya asarlari;
- Fiqh Al Seerah;
- Qurʼon haqida Tafsir;
- Laisa Minal Islom (Islomdan emas);
- Maʼrifiy merosimiz;
- Hayotingni yangila;
- Islom va xotin-qizlar masalasi;
- Paygʻambar sunnati: Huquqshunoslar va hadis olimlari oʻrtasida (As-sunnatun nabaviyyatu bayna ahlil fiqhi va ahlil hadis)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Jehl, Douglas. „Mohammed al-Ghazali, 78, An Egyptian Cleric and Scholar“ (Ingliz). The New York Times (14-mart 1996-yil). Qaraldi: 22-mart 2024-yil.
- ↑ Jehl, Douglas. „Mohammed al-Ghazali, 78, An Egyptian Cleric and Scholar“ (en-US). The New York Times (1996-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Muhammad Gʻazzoliyga tegishli iqtiboslar mavjud. |