Muhammad Ismoil
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Ismoil | |
---|---|
Tavalludi |
Muhammad Ismoilov Rahmonqulovich 3-yanvar 1964-yil |
Kasbi | shoir, yozuvchi |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari | „Istiqlol tongi“, „Robindranat Tagor“ |
Muhammad Ismoil (asl ism-familyasi Muhammad Ismoilov; 1964-yil, 13-mart, Jizzax viloyati, OʻzSSR) – shoir, yozuvchi, davlat arbobi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Robindranat Tagor xalqaro mukofoti[1] hamda „Istiqlol tongi“ mukofoti sovrindori[2][3]. Davlat tilida ish yuritish boʻyicha departament boshligʻi, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati[4][3]. Turon Fanlar akademiyasi akademigi[5].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1981—1986-yillarda Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida oʻqigan. Ilk sheʼriy toʻplami 1991-yilda „Tazarru saodati“ nomi ostida chop etilgan.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiyotni targʻib qilish byurosi bosh muharriri (1987—1989) va Adabiy konsultanti (1989—1993), „Yoshlik“ jurnali bosh muharriri oʻrinbosari (1993—1996), „Oila va jamiyat“ gazetasi bosh muharriri (1996—1998), Oʻzbekiston Milliy teleradiokampaniyasining „Oʻzbekiston“ telekanali bosh direktori oʻrinbosari (1998—2006), Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU direktor oʻrinbosari hamda bosh muharrir (2006—2009), Toshkent Davlat Madaniyat Institutida faoliyat yuritgan[2][3]. Shuningdek, Marina Svetayeva, Boris Pasternaklarning asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan.
2011-yilda Erkin Usmonovning Muhammad Ismoil haqida „Oshufta koʻngil“ nomli kitobi chop etigan[6][2]
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Tazarru saodati“ (1991)
- „Tasavvur chiziqlari“ (1998),
- „Koʻngil mulkiga safar“ (2001),
- „Sahroyi gullar“ (2001),
- „Siz hamon oʻshasiz“ (2003),
- „Sizni sevmay boʻladimi“ (2005),
- „Bahorning eng soʻnggi lolasi“ (2006),
- „Chiroylisan, tengi yoʻq“ (2006),
- „Koʻksimni kuydirgan alanga“ (2008),
- „Osmon toʻla orzular“ (2011)
- „Luchezarnaya“ (hikoyalari asosida 2011-yil, rus tilida chiqarilgan)
- „Osmoningdan uzilma ey, dil!“ (2014)[7]
- „To soʻnggi nafasgacha“ (hikoyalar va qissalar toʻplami; 2015)[8]
- „Gapning qisqasi yaxshi“ (2015)
- „Millat yuragining durdonalari“ (2016)[5]
- „Atrofingda men sarson“(2016)[9][10]
- „Oyga osilgan bayroq“ (2018)[5]
- „Menga soʻz bering“ (2020)[11]
- „Muhabbatning vatani“ (2021)[12]
- „Taraddud“ (2022)
- „Aql egalari uchun moʻjiza bor“ (2022)
- „Vospominanie, poxojee na beliy svetok“ (2022)[13]
- „Lablaring ismimni aytsin“ (2023)[14]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Muhammad Ismoil: "Matbuot faol ishlaganda, virtual qabulxonaga hojat yo‘q edi"“ (2016-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 24-may.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Рубрика: Муҳаммад Исмоил (1964)“. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Muhammad Ismoil (1964)“. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
- ↑ „GulDUda “Bilimlar kuni”“. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Yosh ijodkorlar maktabidagi ijodiy tantana“. Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ „Ошуфта кўнгил“. Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ „Muhammad Ismoil *“. Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ „To so‘nggi nafasgacha“. Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ „Turkiya televideniyesi Muhammad Ismoilning yangi kitobi taqdimotini namoyish etdi“. Qaraldi: 2023-yil 4-dekabr.
- ↑ „Муҳаммад Исмоил: "Матбуот фаол ишлаганда, виртуал қабулхонага ҳожат йўқ эди"“. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ „Gulistonda Muhammad Ismoil ijodiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi“. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ „“Муҳаббатнинг ватани” китобхонлар учун тақдим этилди“. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ „uForum.uz - Литературный портал Узбекистана“. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
- ↑ „Gapning qisqasi yaxshi. Yozuvchi o‘ylari, kuzatuvlari, kechinmalari“.