Boris Pasternak
Boris Pasternak | |
---|---|
Tavalludi | 29 yanvar (10-fevral) 1890 |
Vafoti | 30-may 1960[1] |
Ijod qilgan tillari | Nemis tili va Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Pasternak Boris Leonidovich [1890.29.1(10.2), Moskva - 1960.30.5, Moskva viloyati Peredelkino qishlogʻi] — rus shoiri. Sanʼatkor oilasida tugʻilgan. Bolalik va yoshlik yillarida tasviriy sanʼat va musiqa kompozitsiyasi bilan qiziqqan. 1909-yil musiqachilik kasbidan voz kechib, Moskva universitetining tarix-falsafa fakultetiga oʻqishga kirgan. 1912-yil Germa-niyaga borib, Marburg universitetida bir semestr oʻqigan. Ammo koʻp oʻtmay, faylasuflik istiqbolidan ham voz kechib, sheʼriyat bilan shugʻullana boshlagan. "Bulutlar orasidagi egizak" (1914) nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etilgan. 1917-yil toʻntarishi arafasida u futuristlar bilan aloqa oʻrnatib, ular taʼsiriga beriladi. Biroq boshqa futuristlardan farqdi oʻlaroq, P. oʻtmish va "eski" madaniyatdan yuz oʻgirmay, 19-asr rus (M.Yu. Lermontov, F.I.Tyutchev) va nemis (R.M.Rilke) falsafiy li-rikasi anʼanalarini davom ettiradi. "Hayot mening hamshiram" (1917) sheʼrida P. sheʼriyatining muhim xususiyatlaridan biri — tabiat olami, hayot bilan uzviylik ilk bor koʻzga tashlanadi. 20- yillardan boshlab P. sheʼriyatida li-rikadan epos sari intilish tamoyili seziladi va u "Toʻqqiz yuz beshinchi yil", "Leytenant Shmidt" dostonlarida lirik tafakkurdan epik tafakkurga oʻta boshlaydi. P. urush va inqiloblar davridagi inson taqdiriga ba-gʻishlangan "Samoviy yoʻllar" (1924— 33) nasriy kitobi hamda "Sikorskiy" sheʼriy romanida voqeiy syujetga qarshi oʻlaroq tabiat olami va muhabbat bilan bogʻliq syujetni oʻrtaga tashlaydi. P. bu asarlarida inqilob oldida turgan yuksak maqsadni tan olgani holda maqsadga erishishning inqilobiy zulm va zoʻravonlik yoʻlini keskin inkor etadi. 30- yillarning oʻrtalarida — 40- yillarda yaratgan asarlarida ("Sanʼatkor", 1936; "Barvaqt yurgan poyezdlar", 1931) P. obrazlar tizimini soddalashtirib, rus klassiklariga xos "ravshan uslub"ga oʻta boshlagan.
P. qariyb butun ijodi davomida nasriy asarlar yaratishga ham katta eʼtibor bergan. U urushdan keyingi yillarda "Doktor Jivago" (1957, Milan) romanini yozib, unda shaxsiy hayot bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida arosatda qolgan Sergey Sikorskiyga qondosh rus ziyolisining obrazini yaratgan. U ushbu romanda sovet davri yozuvchilari orasida birinchi boʻlib inqilob gʻoyasini rad etgan va jamiyatni ijtimoiy jihatdan qayta qurish mumkinligiga shubha bildirgan. Mazkur asar P.ning totalitar tuzum tomonidan tazyiq ostiga olinishiga sabab boʻlgan. P. 50—60- yillarda "Yayragan chogʻingda" (1956—59) sheʼrlar turkumi, "Odamlar va holatlar" (1957), "Koʻr sohib-jamol" (1969-yil nashr etilgan) drama-tik dostonlarini yozgan. Shekspir, Gyote, Shelli, Verlen, Petyofi va boshqa shoirlarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Nobel mukofoti la-ureati (1958)[2].