Toni Morrison
Toni Morrison | |
---|---|
Tavalludi |
18-fevral 1932-yil Ogayo, AQSh |
Vafoti |
5-avgust 2019-yil (87 yoshda) Nyu-York, AQSh |
Fuqaroligi | Arab tili[1][2] |
Toni Morrison (18-fevral 1932-yil, Ogayo, AQSh — 5-avgust 2019-yil, Nyu-York, AQSh) — amerikalik yozuvchi. Dastlabki 2 romani — „Koʻk koʻzlar“ (1970) va „Sula“ (1974), shuningdek, maishiy mavzudagi „Sulaymon qoʻshigʻi“ (1977) romani mashhur. Unda bir qoratanli avlodining 100 yildan ortiqroq davrdagi hayoti misolida umuman amerikalik qoratanlilarning milliy oʻz-oʻzini anglash jarayoni yoritilgan. „Sula“ (1974) romani hayotning jabru sitamlari va ishqdagi yolgʻizlikni yengishga urinish, mutelik va qatiylik haqida. „Qoramoy surtilgan qoʻriqchi“ romani (1981) da qoratanlilar muammosiga doir hozirgi nuqtai nazarlar aks ettirilgan. „Maʼshuqa“ (1987) asarida oʻtmish bilan zamonaviy sahnalar uygʻunlashtirilgan boʻlsa, „Jaz“ (1992) asarida 1920-yillardagi ijtimoiy hayot, bu davrning oʻziga xos „shamoli“ va yolgʻizlikdagi ruhiy holatlar moqirona tasvirlangan. Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1993)[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |