Frans Eemil Sillanpää
Frans Eemil Sillanpää | |
---|---|
Tavalludi | 16-sentyabr 1888 |
Vafoti | 3-iyun 1964 |
Ijod qilgan tillari | Fin tili[1] |
Fuqaroligi | Finlandiya |
Frans Eemil Sillanpää (taxallusi — E. Syuvyari, Sarvi) (1888.16.9, Xyamenkyuryo 1964.3.6, Xelsinki) — fin yozuvchisi. 1-romani — "Quyosh va hayot" (1916). "Adolatli kambagallik" (1919) romani Finlandiyadagi fuqarolar urushi fojialari mavzuida. Asarda muallif fin yozuvchilaridan birinchi boʻlib, "qizillar" va "oqlar" oʻrtasidagi qurolli kurashningdahshatli ekanini xolis tasvirlagan. Roman mamlakatning inqirozdan chiqib olishi uchun birinchi turtki boʻlib, finlarning ruhiy jarohatdan davo topishlariga yordam bergan, shu sababli 1920 yildan Finlandiya hukumati S.ga umrbod stipendiya taʼsis etgan. "Yoshlikda vafot etgan" (1931) romani mashhur. "Yoz tunidagi odamlar" (1934) S.ning eng yaxshi asari boʻlib, uning kompozitsiyasi yoyilib ketgani va oʻta hissiyot bilan yozilgani uchun dostonga oʻxshab ketadi. "Avgust" (1941), "Inson hayotining goʻzalligi va azoblari" (1945) asarlari ham bor. Nobel mukofoti laureati (1939)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil