Kontent qismiga oʻtish

Iosif Brodskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jozef Brodskiy
Iosif Aleksandrovich Brodskiy

Brodskiy 1988-yilda
Tavalludi
Iosif Aleksandrovich Brodskiy

24-may 1940
Leningrad, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
(hozirgi Sankt-Peterburg, Rossiya)
Vafoti 28-yanvar 1996
Nyu-York Siti, AQSh
Fuqaroligi
Kasbi shoir, insho muallifi

Iosif Aleksandrovich Brodskiy (24-may 1940, Leningrad – 28-yanvar 1996, New York shahri) – rus shoiri. Ijodiy faoliyati 60-yillarda boshlangan. 1962—1964 yillarda turli ayblar bilan qamalgan va surgun qilingan. Ammo Anna Axmatova, Samuil Marshak, Dmitriy Shostakovich singari mashhur kishilarning saʼy-harakati bilan 1965-yil surgundan ozod etilgan. Siyosiy tuzumga nomaqbul shaxs sifatida 1972-yilda Sovet davlati hududlaridan chiqarib yuborilgan; 1974-yildan AQShda yashagan. „Sahrodagi bekat“ (1967), „Kurkam davr intihosi“ (1972), „Uraniya“ (1987), „Oʻgit“ (1990) va boshqa sheʼriy tuplamlari xorijda nashr etilgan. Bu toʻplamlarda yolgʻizlangan kishi bilan bir kam dunyo Oʻrtasidagi ziddiyatlar kinoyaviykutarinki uslubda aks ettirilgan. Brodskiy sheʼriyatidagi voqelikni uziga xos benazir tarzda idrok va tasvir etish, antik davr sheʼriyatidagi badiiy shakllardan samarali foydalanish – shoir novatorligining mohiyatini tashkil etadi. Brodskiyning ingliz va qisman rus tillarida eʼlon qilgan sheʼr, pyesa va publitsistik maqolalari Gʻarb adabiyoti hodisasi sifatida maydonga kelgan. Nobel mukofoti laureati (1987)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]