Kontent qismiga oʻtish

Henryk Sienkiewicz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Henryk Sienkiewicz
Tavalludi 5-may 1846
Vafoti 15-noyabr 1916
Ijod qilgan tillari Polyak tili
Fuqaroligi Polsha

Henryk Adam Aleksander Pius Sienkiewicz (1846.5.5, VolyaOksheyska 1916.15.11, Veve, Shveysariya) — polyak yozuvchisi.

Dastlabki asari — "Behuda" (qissa, 1872). 1876—78 yillarda "Safar", "Qora eskizlar" kabi asarlar yozgan. Sienkiewicz ijodida gumanizm yuksak darajaga koʻtarilgan ("Yanko — musikachi", 1879; "Bartek — gʻolib", 1882). 1882-yildan Sienkiewicz ijodining 2 davriga mansub tarixiy vatanparvarlik mavzuidagi ("Ut va qilich bilan", 1883—84; "Toshqin", 1884—86; "Pan Volodiyevskiy", 1887—88) romantrilogiyasida Polshaning Shvetsiya, Ukraina va Turkiya bilan tarixiy urushlari davridagi vokealar, takdirlar aks etgan.

"Xoch koʻtarganlar" (1900) romanepopeyasi tarixiy salib yurishlari mavzuida. Sienkiewicz ijodining choʻqqisi "Kamo gryadeshi" (1896, "Kayoqqa ketayapsan?" iborasining lotincha nomi boʻlib, Iso Masihga qarata aytilgan) romanidir. Asarda imperator Neron davrida endigina yuzaga kelayotgan nasroniylik oqimi tarafdorlarini qatagʻon kilish voqealari tasvirlangan. Psixologik romanlari ("Diniy aqidalarsiz", 1889— 90), hikoya va qissalari bor. Nobel mukofoti laureati (1905).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil