Kontent qismiga oʻtish

Giorgos Seferis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Giorgos Seferis
Tavalludi 13-mart 1900[1][2]
Vafoti 20-sentyabr 1971[1]
Ijod qilgan tillari Yunon tili[3], Fransuz tili va Ingliz tili
Fuqaroligi Yunoniston

SEFERIS (Sepheres; Seferiadis) Georgos (1900.19.2, Izmir shahri — 1971.20.9, Afina) — grek shoiri. 1926—62 yillarda turli mamlakatlarda Gretsiyaning elchisi va konsuli boʻlib ishlagan. Ikkinchi jahon urushi davrida Qarshilik koʻrsatish harakatining ishtirokchisi. Ilk sheʼriy toʻplami — "Strofalar" (1931 )da dabdabali ortiqcha soʻzlardan chekinib, aniqva tejamkor bandlar, murakkab pogʻonali qofiyalar va fransuz simvolistlarining obrazlilik uslublaridan foydalangan. "Afsonalardagi tarix" (1935), "Tajribalar kitobi" (1940), "1 vaxta jurnali" (1940), "2vaxta jurnali" (1955) sheʼriy toʻplamlari, "Sisterna" dostoni (1932) va boshqa asarlari S.ni erksevar xalq kuychisi sifatida tanitgan. Esselar ham yozgan. Nobel mukofoti laureati (1963).[4]