Selma Lagerlöf
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Selma Lagerlöf | |
---|---|
Tavalludi | 20-noyabr 1858[1][2] |
Vafoti | 16-mart 1940[3] |
Ijod qilgan tillari | Shved tili |
Fuqaroligi | Shvetsiya |
Selma Lagerlöf (1858.20. 11 - Morbakka - 1940.16.3) — shved yozuvchisi. Shvetsiya akademik aʼzosi (1914). Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — "Iyost Berling haqida saga" (1891). Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Lagerlöf Sitsiliya, Falastin va Misr safarlaridan soʻng "Dajjolning moʻʼjizalari" (1898) kitobi va "Quddus" (2 jildli, 1901 — 1902) romanini yozgan. Bolalar uchun yozilgan "Nils Xolgerssonning Shvetsiya boʻylab gʻaroyib sayohati" (1906) romani va "Botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha" (1907) asari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1909).[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title) — С. 110.
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |