Senjon Pers (Saint-John Perse) [taxallusi; asl ism-sharifi Aleksi Leje (Leger)] (1887.31.5, Gvadelupa 1975.20.9, Jyen, Var departamenta) — fransuz shoiri. Bordo universitetini tugatgan (1914). Qarshilik koʻrsatish harakatining yirik vakillaridan. Ilk sheʼriy toʻplami — "Eklogalar" (sheʼriy dialog, 1910). Tabiat olami, milliy anʼanalar, umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlar haqida kuylagan ("Anabasis" dostoni, 1924). "Quvgʻun" (1942), "Shamollar" (1946) sheʼriy turkumlari va "Yoʻnalish" (1957), "Qushlar" (1963) dostonlarida vatanparvarlik ruhi kuchli. Nobel mukofoti laureati (1960).[4]