Muhammad Mashally
Doktor Mohamed Mashally (1944 — 28 iyul, 2020) yoki „kambagʻal odamlar shifokori“ nomi bilan mashhur boʻlgan misrlik shifokor boʻlib, kambagʻal bemorlarni juda arzon narxlarda yoki bepul davolab kelgani bilan tanilgan. Mashally shifokorlik faoliyatini 50 yildan ortiq davom ettirgan[1][2].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashally Misr shimolida joylashgan Beheira gubernatorliga qarashli Dahr El Temsah qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi oʻqituvchi edi. Keyinchalik bu oila Gharbiya gubernatorligidagi Tanto shahriga koʻchib oʻtgan. Qasr Al-Eini tibbiyot fakultetida tahsil olgan Mashally turli kasalliklar, jumladan, yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassis ham edi[3].
1975-yilda Mashally Gharbiyada oʻz xususiy klinikasini ochadi. Shundan soʻng u bemorlardan tibbiy koʻrik uchun atigi £5 (Misr lirasi) olgan. Koʻp yillar davomida faoliyat olib borgan klinika oʻz toʻlovlarini keyinchalik £E 10 ga oshiradi, Mashally kambagʻal bemorlar uchun tez-tez bepul tekshiruvlarni ham amalga oshirib kelgan[3].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mohamed Mashally 2020-yil 28-iyul kuni Gharbiya gubernatorligining Tanto shahrida vafot etadi va oʻzi tugʻilgan Bexeyra gubernatorligiga dafn qilingan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „دكتور محمد مشالي "طبيب الغلابة" 50 عاما في الطب بكشف قيمته 10جنيهات!“. Daily Medical Info (2019-yil 18-mart).
- ↑ „Egypt's 'Doctor of the Poor' passes away“. Gulf Today (2020-yil 28-iyul).
- ↑ 3,0 3,1 „طبيب الغلابة الدكتور محمد مشالي فى سطور“. al-Wafd (2020-yil 2-may).
- ↑ „وفاة الدكتور محمد مشالي طبيب الغلابة“. al-Masry al-Youm.