Muhammad Nasafiy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad Nasafiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Xattot |
Muhammad Nasafiy (arabcha: محمد النسفي — Muhammad Nasafiy — Toʻliq ismi: Muhammad bin Said bin Muhammad Nasafiy (XII-XIII asrlarda yashagan)) — Xattot.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Nasafiy 1204-yilda „Tafsiru-l-Qur’oni-l-Vohidiy“ asarini ko‘chirgan. Abulhasan Ali bin Ahmad bin Muhammad Vohidiy Naysoburiy (vafoti 1075-yil) qalamiga mansub bu asar uzoq asrlar davomida ommabop qo‘llanmalardan biri bo‘lib, madrasalarda darslik sifatida o‘qitilgan. Mazkur qo‘lyozma ko‘chirilganiga 800 yilga yaqin vaqt o‘tganligiga qaramasdan yaxshi saqlangan. Ushbu asarning boshqa qo‘lyozma nusxalari Berlin, Tehron, Mashhad kutubxonalarida ham mavjud. U tomonidan ko‘chirgan nusxa asarning eng qadimiy nusxasi hisoblanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 468.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |