Muhammad Nazar parvonachi madrasasi
Madrasa | |
Muhammad Nazar parvonachi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Muhammad Nazar parvonachi ibn Gʻoyib Nazarbiy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Nazar parvonachi ibn Gʻoyib Nazarbiy |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 13 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Muhammad Nazar parvonachi madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Muhammad Nazar parvonachi madrasasi Xoja Xizr guzarida[1], Muhammad Nazar parvonachi ibn Gʻoyib Nazarbiy tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida ushbu madrasa uchun Hazrat Qalmoqjon oyim binti Amir ul-mahrum 1793-yil Koʻshki safed, Sulakiyon, Arus qishlogʻidagi 12 boʻlakdan iborat yerni vaqf qiladi. Muhammad Nazar parvonachi madrasasi gʻarbida Havzi lisak yeri, shimoli va sharqida Muhammad Nazarbiy hovlisi va koʻcha, janubda guzar masjidi va koʻcha mavjud boʻlgan. Madrasa faoliyati bilan bogʻliq yana beshta vaqf hujjati saqlanib qolgan. Vaqf hujjatlarining birida madrasa mudarrisi Aʼloxoʻja Samjan tumaniga qozi boʻlgani va uni oʻrniga boshqa mudarris tayinlash toʻgʻrisida gap boradi. Oʻsha paytda Muhammad Nazar parvonachi madrasasi mudarrisi Mir Rahmatulloh va mulla Aʼloxoʻjaning maoshi 55 tillani tashkil etgan. Yana bir qator vaqf hujjatlarida mudarrislar va ularning maoshlari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Jumladan Mulla Ibrohim maoshi 50 tilla, mulla Abdurahim maoshi 40 tilla, mulla Abdujalil maoshi 45 tillani tashkil etgan[2]. Ushbu madrasa inqilob davrida buzib yuborilgan. Sadri Ziyo ushbu madrasada 13 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Muhammad Nazar parvonachi madrasasi 13 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.