Muhammad Tohir Al-Buxoriy
Qiyofa
Muhammad Tohir Al-Buxoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | XVI acp |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mudarris |
Muhammad Tohir Al-Buxoriy (XVI acp) − Mudarris.
Muhammad Tohir Hiraviy al-Habushoniy al-Buxoriy mudarris, muhaddis, faqih boʻlib, qizilboshlar bosqini zamonida (1512 yil) Xurosondan Buxoroga kelgan. Buxoro madrasalarida taʼlim olib, tez orada shariat ilmini яхши oʻrgangan. Muhammad Tohir Al-Buxoriy Xoja Kalon Joʻyboriy (1531—1589) qurdirgan Gavkushon (1570 yil) madrasasida mudarrislik qilgan. Uning bir kunlik darsida 500 tagacha talaba qatnashgan. Muhammad Tohir Al-Buxoriy haqida "Tuhfat az-zoirin“ kitobida malumot keltirilgan. Muhammad Tohir Al-Buxoriyning qabri Fathobodda boʻlib, Shayxul Olam maqbarasining shimolida joylashgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. -T.: 2015. 277.