Muhammad al-Furoviy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Furoviy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1050-yil (hijriy 441-yil)
Vafoti milodiy 1136-yil (hijriy 530-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi olim, muhaddis, imom

(Abu Abdulloh) Muhammad ibn al-Fazl ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad al-Furoviy (hijriy 441-yil (milodiy 1050-yil)da tavallud topib, hijriy 530-yil (milodiy 1136-yil)da vafot etgan) — o‘z davrining shayxu-sh-shuyuxi darajasiga erishgan olim. U o‘ta bilimdon, munozarasi keng imom, muhaddis voiz, ilm ahllari orasida katta izzat-ikromga ega olim bo‘lgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Majolis fi-l-vaʼzva-t-tazkiyr“ („Vaʼz va xotirlash haqidagi majlislar“);
  • qirq hadisdan tuzilgan „Majmuʼa kitob fifuruʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy fiqhi tarmoqlari haqida kitob“).

Ko‘plab olimlardan hadislar rivoyat qilgan, undan ham ko‘plar rivoyatlar keltirganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 124 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.