Muhammad al-Koshgʻariy (Abu Abdulloh)
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhammad al-Koshgʻariy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1306-yil (hijriy 705-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, mufassir, sufiy, voiz, lug‘atshunos va nahvshunos olim |
Muhammad ibn Ali al-Koshg‘ariy (Muvazzaʼ sohilida hijriy 705-yil (milodiy 1306-yil)da vafot etgan) — faqih, mufassir, sufiy, voiz, lug‘atshunos va nahvshunos olim bo‘lgan. Makkada yashagan, so‘ngra Yamanga kelib, bir muddat Taʼizda turgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Majmaʼu-l-g‘aroib va manbaʼu-l-ajoib“ („G‘aroyib narsalarning to‘plami va ajoyib narsalarning manbai“, to‘rt jildli);
- „Toju-s-saodat“ („Baxt-saodat toji“);
- hanafiy furuʼ fiqhiga oid „G‘unyatu-l-mubtadiy“ („Boshlovchiga kifoya kitob“);
- ilm istagan tolibi ilmlarga atab yozgan „Tilbatu-t-talaba“ („Toliblarga zarur kitob“);
- Ibn al-Asir al-Javziy (vafoti: 630-hijriy yil) nomi bilan mashhur bo‘lgan shayx Izzuddin Ali ibn Muhammadning „Asadu-l-g‘ubba fi maʼrifati-s-sahoba“ („Sahobalar haqidagi bilimlardan bir shingil“) kitobi — 128 ning muxtasar va xulosasi, unda 7500 tarjima zikr etilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 127-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |