Kontent qismiga oʻtish

Muhammad as-Sag‘ir al-Ofironiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad as-Sag‘ir al-Ofironiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1726-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muarrix va adib

Muhammad as-Sagʻir al-Ofironiy (arabcha: محمد الصغير الآفرانى— Abu Abdulloh Muhammad as-Sagʻir ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Ofironiy) — Muarrix va adib.

Muhammad as-Sagʻir al-Ofironiy XVII asr oʻrtalarida tugʻilgan. Uning asli Buxoroga qarashli Ofiron qishlogʻidan boʻlgan. Shuning uchun unga al-Ofironiy nisbasi berilgan. U Marokashdagi al-Mavlo Ismoil Saltanatidagi Davlat arboblaridan boʻlgan. Muhammad as-Sagʻir al-Ofironiy oʻzidan boy ilmiy meros qoldirgan.

  • "Safva man intashara min axbori sulahoi al-qarni al-hodiy ashara fi davlati as-saʼdiya fi Marokash“ ("Marokashdagi saadiylar davlati haqida oʻn birinchi asr solihlarining xabarlarini tarqatganlarning eng saralari“),
  • "al-Malik as-sahl fi sharhi tavshihi ibn Sahl“ ("Bandlari turlicha kofiyalangan Ibn Sahl sheʼrlarining sharhi xakidagi "Malik as-Sahl“) nomli asarlari boʻlgan.

Muhammad as-Sagʻir al-Ofironiy 1138/1726-yili vafot etgan[1].

  1. Kahhola Umar Rizo. Muʼjamu-l-muallifiyn. J.3. — Bayrut: Dor ihyoi-t-turosi-l-arabiy, 2009. -B. 603.

Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 9.