Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Abdurrahmon Samarqandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Abdurrahmon Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 675/1276-yil
Vafoti 721/1321-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Fiqh ilmi nazariyotchisi, mazhablar ilmi bilimdoni

Muhammad ibn Abdurrahmon Samarqandiy (arabcha: محمد بن عبد الرحمن سمرقندي — Muhammad ibn Abdurrahmon Samarqandiy — Toʻliq ismi: Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Muhammad Samarqandiy Sinjoriy Hanafiy (675-721/1276-1321)) — Fiqh ilmi nazariyotchisi va mazhablar ilmi bilimdoni.

Muhammad ibn Abdurrahmon Samarqandiy Samarqandlik usulchi faqih bo‘lgan. Samarqand yoki Sinjorda tugʻulgan Mordinda yashab, fatvo va dars bergan, o‘sha yerda vafot etgan. Muhammad ibn Abdurrahmon Samarqandiyning „Umdatu-t-tolib li maʼrifati-l-mazohib“ („Tolibning mazhablarni bilishdagi tayanchi“) asari bo‘lgan. Asarda ahli sunna va shia o‘rtasidagi ulamolarning ixtiloflari bayon etilgan.[1]

“Umdatu-t-tolib li ma’ri-fati-l-mazohib”
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 569.