Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1141-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis,roviy

Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy (arabcha: محمد بن علي ميمرغي — Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy — Toʻliq ismi: Abu Mushhid Muhammad ibn Ali ibn Muhammad Maymurg‘iy Nasafiy (vafoti 535/1141-yil)) — Muhaddis va roviy.

Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy zohid, solih, vazmin purviqor kishi bo‘lib, ahli ilmlardan bo‘lgan. Xalq orasida solih kishilardan deb yuritilib, hadis ilmi borasida ishonchli kishilardan hisoblangan. Buxoroda istiqomat qilgan. Abulyusr Muhammad ibn Muhammad ibn Husayn Pazdaviy, Abu Bakr Muxammad ibn Hasan ibn Mansur Nasafiy, Abu Ato ibn Ahmad Harviy kabi allomalar unga hadis rivoyat qilishga ruxsat berishgan. [1]

Muhammad ibn Ali Maymurg‘iy 535/1141-yilda vafot etgan.

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 363.