Kontent qismiga oʻtish

Muhammad ibn Maslamaning yurishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad ibn Maslamaning yurishi
Sanalar Milodiy 627-yil iyul (hijriy 6-yil Muharram oyi
Urush yeri Diriya, Najd
Natija * Musulmonlar tomonidan 10 kishi oʻldirilgan, 1 kishi asirga olingan
8 150 ta tuya, 3000 ta echki oʻlja sifatida olingan[1]
Qoʻmondonlar
Muhammad ibn Maslama Tumama ibn Utal
Kuchlar
30 Nomaʼlum

Muhammad ibn Maslama gʻazoti[2] hijriy 6-yilning Muharram oyida (milodiy 627-yil iyul) boʻlib oʻtgan[3].

Muhammad ibn Maslama boshchiligidagi 30 nafar musulmonlardan iborat boʻlinma Muhammad tomonidan buyurilgan harbiy vazifani bajarish uchun Banu Bakr qabilasi qarorgohi tomon yuborilgan. Musulmonlar urugʻlarga hujum uyushtirib, ularni har tarafga tarqatib yuborishgan. Ular urushdan olingan oʻljalarini qoʻlga kiritib, Banu Hanifa qabilasi boshligʻi Tumama ibn Utal Hanafiyni asir qilib ortga qaytishgan.

Sahobalar Tumamani masjid ustuniga bogʻlab qoʻyishgan. Muhammad Tumamaga qarata savol berganida, u shunday javob qaytargan: „Agar kimdnidir oʻldirmoqchi boʻlsangiz, olijanob kishini tanlaysiz, agar marhamatli boʻlsangiz, unga marhamat koʻrsatasiz, pul soʻrash uchun esa saxiy odamga murojaat qilasiz“. Tumama ibn Utal shu soʻzlarini uch marotaba takrorlagach, Muhammad uni ozod qilishni buyurgan va shundan keyin Tumama Islomni qabul qilgan.

Ushbu bosqin paytida musulmonlar 10 kishini oʻldirgan, qabilaning boshqa aʼzolari esa qarshilik koʻrsatmay qochib ketishgan. Musulmon askarlari oʻlja sifatida 150 ta tuya va 3000 ta echkini oʻzlariga olganlar[4].

  1. Muhammad Yasin Mahzar Siddiqi, Role of Booty in the economy during the prophets time, Vol. 1, King Abdul Aziz University , p.11. (archive)
  2. Tabari, Al (2008), The foundation of the community, State University of New York Press, 119-bet, ISBN 978-0-88706-344-2
  3. Hawarey, Mosab. The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust, 2010. ISBN 9789957051648. Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here
  4. Sa'd, Ibn. Kitab al-tabaqat al-kabir,By Ibn Sa'd,Volume 2. Pakistan Historical Society, 1967 — 96-bet.