Muhandislik psixologiyasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muhandislik psixologiyasi — psixologiya sohasi; inson bilan mashina (texnika) oʻrtasidagi munosabatni, insonga mashinaning psixologik taʼsirini, insonning texnika bilan munosabat jarayoni psixologik qonuniyatlarini oʻrganadi. Muhandislik psixologiyasi fantexnika taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. U quyidagi muammolarni tekshiradi: insonning boshk,-aruv tizimlaridagi, avtomatik qurilmalar, xususan, EHM bilan munosabatdagi vazifalari; EHM operatorlarining faoliyatida muloqot jarayoni va ularning oʻzaro taʼsiri; operator faoliyatining psixologik tuzilishi; operator ishining sifati, tezligi, samaradorligiga taʼsir qiluvchi omillarni tahlil qilish; operatorlar uchun psixodiagnostika va kasbga yoʻllash metodlarini ishlab chiqish va hokazo[1].
Muhandislik psixologiyasining maqsadi:
- Texnika va texnologiyalarni inson imkoniyatlariga moslashtirish;
-Insonning psixofiziologik imkoniyatlari va cheklovlarni inobatga olib texnik tizimlarni loyihalash.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |