Munchoqtepa (shahar harobasi)
Munchoqtepa — Kubodiyon viloyatiga mansub qad. shahar harobasi (miloddan avvalgi 1ming yil oʻrtalari — milodiy 10—11-asr). Kofarnihon daryosi (Tojikiston)ning oʻng qirgʻogʻidan 1 km masofada, parom kechuvidan 6 km uzoqlikdagi hududda joylashgan. Miloddan avvalgi 1mingyillikoʻrtalarida M. oʻrnida kichik qishloq vujudga kelgan, milodning boshlarida u katta shaharga aylanib, 11-asrgacha mavjud boʻlgan. M.ning 6—8-asrlarga oid madaniy qatlamidan usti gumbaz bilan yopilgan mahobatli bino qoldiqlari ochilgan, undan oʻrtasi dumaloq teshik boʻlgan Tohariston mis tangalari topilgan. Xitoy sayyohi Syuan-Szan (7-asr)ning qayd etishicha, bu yerda budda monastiri (ibodatxonasi) joylashgan. U milodning boshlari — 5—6-asrlarda mavjud boʻlgan qad. binolar harobasi ustiga qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |