Kontent qismiga oʻtish

Muoz ibn Amr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muoz ibn Amr
arabcha: معاذ بن عمرو بن الجموح
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi
  • Amr ibn Jamuh (otasi)
  • Hind binti Amr (onasi)
Tanilgan sohasi sahoba

Muoz ibn Amr (arabcha: معاذ بن عمرو بن الجموح) – sahoba. U va akasi Muavvaz ibn Amr Badr jangida Abu Jahlni yarador qilganlar[1].

Muoz ibn Amr Madinaning Banu Salma qabilasidan boʻlgan. Otasining ismi Amr ibn Jamuh Manatga eʼtiqod qilgan, uning Muavvaz ibn Amr, Muoz ibn Amr va Xallod ibn Amr ismli uch nafar oʻgʻillari boʻlgan. Ular Islomni ilk qabul qilganlardan. Ular Islomni qabul qilganlarida onasi Hind binti Amr ham musulmon boʻlgan. Ammo otasi musulmon boʻlmapft, shu sababdan unga zarar yetkazmaslik maqsadida ular oʻz eʼtiqodlarini sir tutishgan.

Hind binti Amrning eri Amr ibn Jamuh uning Islomga eʼtiqod qilishidan bexabar edi. Bir kuni Amr ibn Jamuh xotinini bir xavf haqida ogohlantiradi va undan oʻgʻillarini himoya qilishni soʻraydi. Hind binti Amr oʻgʻli Muozni tinglashini maslahat beradi va Muoz otasiga Fotiha surasini oʻqib beradi. Qiroat eriga taʼsir qiladi, biroq u Manotni tark etishni istamaydi.

Keyinchalik haykal oʻgʻillari tomonidan qayta-qayta oʻgʻirlab ketilganidan soʻng, Amr ibn Jamuh Manot sigʻinishga loyiq emas degan qarorga keladi va Islomni ham qabul qiladi.

Abu Jahl (Amr ibn Hishom) Badr jangida Muoz ibn Amr va Abu Muoviya tomonidan oʻldirilgan[2].

  1. Ghazali, Al. Abdul Rahman bin Auf. PTS Litera Utama, 19 December 2014. ISBN 9789674081430. 
  2. Ghazali, Al. Abdul Rahman bin Auf. PTS Litera Utama, 19 December 2014. ISBN 9789674081430.