Murod Asqarov
Murod Erkebayevich Asqarov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili | |
Mansab davri 2009-yildan – 2013-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Alisher Vohidov |
Vorisi | Dilyor Hakimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-mart 1974-yil Toshkent |
Asqarov Murod Erkebayevich — 2013—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari. 2009—2013-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetini siyosiy fanlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Ingliz, nemis va turk tillarini biladi.
1997-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquqiy boshqarmasi referenti.
1999-2003 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi attashesi.
2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Siyosiy rejalashtirish guruhining 3-kotibi.
2005-2009 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi 2-kotibi, 1-kotibi, boshligʻi oʻrinbosari.
2009-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili.
2013-2015 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[1].