Kontent qismiga oʻtish

Dilyor Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilyor Zafarovich Hakimov
 Oʻzbеkistоnning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili
 
Mansab davri
2017-yil 10-martdan – 2023-yil 5-dekabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Gʻayrat Fozilov
 Oʻzbеkistоnning BMTdagi doimiy vakili
 
Mansab davri
2013-yil 10-martdan – 2013-yil 21-oktabrgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Murod Asqarov
Vorisi Muzaffarbek Madrahimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-noyabr 1969-yil (1969-11-01) (55 yosh)
Toshkent

Dilyor Zafarovich Hakimov — oʻzbek diplomati, iqtisodchi va tarjimon. Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq doimiy vakili. 2019-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi[1].

1969-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Malayziyaning Mara texnologiya institutini, 1998-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini va 2001-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznes boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan. Ingliz tilini biladi.

1988—1989 — Harbiy xizmat.

1997—1998 — „O‘zbekistonda inson taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy hisobot“ loyihasi maʼmuriy xodimi.

1998—1998 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasining „Iqtisodiy tadqiqotlar markazi“ qo‘shma loyihasi maʼmuriy xodimi.

1998—2001 — O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi maʼmuriy xodimi.

2001—2004 — BMT taraqqiyot dasturi ko‘magidagi O‘zbekiston hukumatining „taraqqiyotga hamkorlik ko‘rsatish“ dasturi rahbari.

2004—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2006—2009 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2009—2011 — Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi.

2011—2013 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i.

2013—2013 — O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili.

2013—2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi.

2014—2017 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2017-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi[2].