Murtazo Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Murtazo Rahmatov
Tavalludi 1958-yil 15-may
Mukofotlari "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni

Murtazo Rahmatov Axmedovich (1958-yilning 15-may kunida tavallud topgan) — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Buxoro viloyatiBukhara Cotton Textile Cluster“ paxta-toʻqimachilik korxonasi rahbari hamda O‘zbekiston paxta-toʻqimachilik klasteri uyushmasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murtaza Raxmatov 1958-yilning 15-may sanasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy va mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyi Chirchiq tumanida ish olib boruvchi „TCT cluster“ korxonasini yoʻlga qoʻygan[1][2]. Keyinchalik ikkinchi klasterini 2019-yilda, SSSR davridan qolgan Buxoro paxta zavodi oʻrnida qayta ishga tushiradi va „Bukhara Cotton Textile Cluster“ nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Klaster jinsi ishlab chiqarish hamda eksport qilishga yoʻnaltirilgan[3]. Hukumatning 2020-yil 12-maydagi 769-son qaroriga muvofiq „Oʻzbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari“ uyushmasi raisi ish lavozimiga tayinlandi[4][5].

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Senator stipendiyasini taʼsis etadi. Ilk stipendiya sohibi esa Toshkent davlat yuridik universiteti 1 bosqich talabasi boʻladi.

Murtazo Rahmatov stipendiya topshirish jarayonida shunday degan:

Konfutsiyning shunday hikmati bor: „Agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, oʻn yil boqmoqchi boʻlsang, daraxt koʻkartir, asrlar davomida boqmoqchi boʻlsang, ilm, bilim yuksaltir“

— Murtazo Rahmatov, [6]

2021-yilga kelib „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvonini qoʻlga kiritdi[7].

Iqtisodiyot fanlari doktori Murtazo Axmedovich hamda biologiya fanlari doktori, akademik, professor Baxridin Zaripov bilan birgalikda „Cotton-Textile Cluster — losomotive of the economic development“ („Paxta-toʻqimachilik klasteri — iqtisodiy taraqqiyot lokomotivi“ kitobini Germaniyaga bosib chiqarishadi[8].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]