Kontent qismiga oʻtish

Musabba

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Musabba (arab. — yettilik) — musammat usulidagi, har bir bandi 7 misradan iborat sheʼr shakllaridan biri. Uning birinchi bandidagi hamma misralar oʻzaro uygʻun qofiyalashadi, keyingi bandlarning esa 6 misrasi oʻzaro qofiyalanib, oxirgi 7misrasi M. 1-bandidagi misralarga mos qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-vv-a, g-g-g-g-g-g-a va hokazo). Ayrim hollarda agar M.larning har bandi oxirida 1 yoki 2 miyera oʻzgarishsiz takrorlanib borsa, uning qofiya tartibi ham boshqacharoq boʻlishi mumkin. Forstojik, ozarbayjon mumtoz adabiyoti tadqiqotchilari bu adabiyotlarda M. namunalari umuman yaratilmaganligini qayd etadilar. M. bandlaridagi 7 miyerani oʻxshash qofiyalashtirish qiyinchiligi, aftidan, bu shaklga kamroq murojaat qilinishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Mashrab, Komil, Miriy, Tabibiy, Vosit Saʼdulla M.lar yozishgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil