Musammat
Qiyofa
Musammat (arab. — sheʼr shakllaridan bir) — ijtimoiy-falsafiy ruxdagi sheʼrlar boʻlib, alohida-alohida qofiyalanuvchi bandlardan iborat. Birinchi bandning oxirgi misrasidagi qofiya keyingi bandlarning oxirgi misralaridagi krfiyalar bilan bir xil boʻladi. Bandlardagi misralar soni 3 tadan 10 tagacha yetadi, shunga koʻra quyidagi M.lar farqlanadi: musallas (3 misrali), murabbaʼ (4 misrali), muxammas (5 misrali), musaddas (6 misrali), musabba (7 misrali), musamman (8 misrali), mutassa (9 misrali), muashshar (10 misrali). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |