Kontent qismiga oʻtish

Mushkbiyd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mushkbiyd qoʻshma soʻz boʻlib, eski oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan oʻtib oʻzlashgan.Soʻzning ikkala komponenti ham fors-tojik tili materialidir.Mazkur soʻz Oʻrxun-Yenisey yozma manbalarida,Mahmud Qoshg'ariy lug'atida qayd etilmagan.Alisher Navoiy asarlarida mushkbid shaklida uchraydi:

Ey Navoiy, zulfu qaddin gar demishsen mushkbid, Yor avf etsunki, aytibsen xato birla xilof. (Navodir ush-shabob, 308)

Eski tojik tilida mushkbed nav'e az bed,ki guli xushboʻy dorad va dar bahoron zanboʻri asal azon gizo megirad (F.Z.T.I,1969, 785).Hozirgi eroniy tillarda va oʻzbek tilida qoʻllanmaydi.Soʻz ikki komponentdan iborat boʻlib,mushk-rangi qora,yoqimli hidli modda, ded-did - tol kabi fors-tojik tili soʻzlaridan yasalgan.Mushkdiyd - tolning bir turi nomini atovchi soʻz boʻlib, bunda mushk soʻzining ikki xususiyati ham asosga olingan.Tol oʻsimligining bu navi juda xushboʻy gullaydi va barglarining rangi qoramtirdir.Tolning bu turini boshqalari oq tol, majnuntollardan farqlashda,uning guli asosga,olinmay,koʻzga tashlanib turuvchi tashqi belgisi mushk qoraligi olingan.Shunday qilib,mushkbiyd - qoratol demakdir.

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 61-62-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.