Kontent qismiga oʻtish

Musohon qori Abbosiddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Musohon qori Abbosiddinov islomshunos-imomdir. 1974-yil Namangan shahrida tavallud topgan. Dastlabki diniy bilimni tog'asi qo'lida olgan. O'rta maktabni tamomlagach, Namangan shahridagi Mulla Qirg'iz madrasasiga kirib, uni 2000-yilda tamomlagan. 2001-2005-yillarda Toshkent Islom Universitetining Islomshunoslik-Dinshunoslik yo'nalishi bo'yicha bakalavriatini tamomlab, 2005-2007-yillarda mazkur oliygohning Islomshunoslik yo'nalishi bo'yicha magistraturasini ham tugatgan. Oilali, 4 nafar farzandi bor. Muso qori Qur'oni karimni yoshligidayoq to'la yod olgan. Uning qiroati nafaqat Oʻzbekistonda, balki dunyoning boshqa ko'plab davlatlarida ham katta qiziqish uyg'otib kelmoqda[manba kerak]. Jumladan u Malayziya, Eron, Turkiya kabi mamlakatlardagi Qur'on musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan[manba kerak]. 2004-yili ramazon oyida AQShda yashovchi musulmonlar Muso qorini yurtlarida tarovih namozlarida Qur'onni xatm qilib berishini iltimos qilib, chaqirdilar[manba kerak]. Buhga javoban Muso qori AQShda bo'lib, u yerlik ahli muslimlarni o'zining betakror ovozidagi Qur'on tilovati bilan xushnud qilib qaytdi. Ayni paytda Muso qori Toshkentdagi Shayx Zayniddin (Ko'kcha) Jome' masjidida imom noibi sifatida faoliyat olib bormoqda.