Mustay Karim
Mustay Karim | |
---|---|
Asl ismi | Мостай Кәрим |
Tavalludi |
20-oktyabr 1919-yil |
Vafoti |
21-sentyabr 2005-yil (85 yoshda) Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi |
Kasbi | 1930-2005 |
Ijod qilgan tillari | Boshqird tili, Rus tili va Tatar tili |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Yoʻnalish | Sotsialistik realizm |
Janr | nazm, poema, pyesa, povest |
Mukofotlari |
Mustay Karim (boshqirdcha: Мостай Кәрим, asl ismi Mustafo Safo oʻgʻli Karimov, boshqirdcha: Мостафа Сафа улы Кәримов) (1919.20.10 — 2005.21.09) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963).
Boshqirdiston pedagogika insitutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. „Bahor sadolari“ (1940), „Mening tulporim“ (1943), „Sheʼrlar“ (1944), „Qaytish“ (1947), „Tanlangan asarlar“, „Yevropa—Osiyo“ (1954) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi.
Mustay Karimning „Toʻy davom etadi“ (1947), „Yolgʻiz qayin“ (1950), „Qiz o’gʻirlash“ (1959), „Aytilmagan qoʻshiq“ (1961), „Oy tutilgan tunda“ (1964), „Oygul vatani“ (1969) kabi pyesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan boʻlib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi o’z ifodasini topgan.
„Uzundan-uzoq bolalik“ (1974—78) avtobiografik qissasi va „Olovni tashlama, Prometey“ (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. „Oy tutilgan tunda“ asari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib (1972), Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oilamiz quvonchi, T., 1956; Qirgʻoqlar, Sheʼrlar, T., 1970.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |