Kontent qismiga oʻtish

Musulmonlar faxri

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Musulmonlar faxri
ruscha: Гордость мусульман
Masjidning umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Rossiya
Hudud Checheniston
Shahar Shali
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor davlat mulki
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Abduqahhor Turdiyev
Meʼmor Abduqahhor Turdiyev
Binokorlik tashabbuschisi Ramzan Qodirov
Homiylar Checheniston Respublikasi
Binokorlik 20122019-yillar
Maqomi amaldagi
Gumbaz balandligi 43 m
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 63
Qurilish materiali oq marmar
Holati Jomeʼ-masjid
Tarovih
Saharlik va iftorlik


Muhammad paygʻambar (s.a.v.) nomidagi „Musulmonlar faxri“ masjidi (Shali masjidi) (ruscha: Мечеть «Гордость мусульман» имени пророка Мухаммеда; ruscha: Шалинская мечеть) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Chechenistonning Shali shahri markazida qad koʻtargan masjid. Shali city majmuasi tarkibiga kiritilgan. Buxoro va Samarqand mumtoz meʼmorchiligi uslubida Oʻzbekistonlik meʼmor — Abduqahhor Turdiyev tomonidan loyihalashtirilgan. 2012—2019-yillar mobaynida Oʻzbekistonlik meʼmorlar tomonidan barpo etilgan. Binokorlik tashabbuschisi — Ramzan Qodirov. Masjidni tantanali ochilish marosimi Chechenistonning birinchi Prezidenti — Ahmad Qodirov tugʻilgan kuni sanasiga atab belgilangan. Shu kuni oʻzbekcha palov tayyorlanib, mahalliy aholi va mehmonlarga tortiq qilingan. Hozirgi kungacha Yevropaning eng katta masjidi hisoblanadi[1]. Masjid barpo etilishiga qancha mablagʻ sarflangani oshkor etilmagan[2]. Shali masjidining sigʻimi mahalliy aholi sonidan ikki karra koʻpdir.

Ushbu masjid qurilishi 2012-yilning dekabrida boshlangan. Dastlab 10 ming namozxonga moʻljallangan masjidni 2015-yilda ochish rejalashtirilgan edi. Biroq keyinroq qurilish rejasiga oʻzgartirish kiritilgan, uni foydalanishga topshirish muddati ham uzaytirilgan[2].

2017-yili yangi majmua barpo etilayotgan hudud atrofidagi yuzga yaqin uy buzib tashlangan, bu yerda majmuaga eltuvchi maxsus yoʻl barpo etilgan. 2018-yili Shalidagi uylari buzilgan 92 oilaga yangi uylardan iborat posyolka qurib berilgan. 2019-yili qurilayotgan masjid atrofida har xil turdagi qariyb 2000 daraxt, 28 xil atirgul oʻtqazilgan[2].

Masjidning qurilishi uchun, Checheniston hukumati tomonidan, Shali city majmuasi oldidan, 5 gektardan koʻproq yer ajratilgan. Masjidni Ramzan Qodirov nomiga qoʻyilishi taxmin qilingan boʻlsada[3], biroq Qodirovning oʻzi masjid ochilishi vaqtida barcha uchun kutilmaganda masjid Muhammad paygʻambar nomi bilan atalishini ma'lum qilgan[1]. Baʼzi bir sharqshunoslarning fikriga koʻra, Qodirovning Musulmonlar faxri masjidiga oʻz ismini berishdan bosh tortishi va uni Muhammad paygʻambar nomi bilan ochilishi, Prezidentning Islom dunyosidagi obroʻsini oshirish va shu bilan birga uning tanqidchilariga javob berish maqsadida amalga oshirilgan[4].

Masjidni tantanali ochilish marosimi Chechenistonning birinchi Prezidenti — Ahmad Qodirov tavalludining 68 yilliga atab belgilangan[3], 2019-yilning 23-avgustida oʻtkazilgan. Unda jami 43 mamlakatdan 150 oliymaqom mehmonlar, shu jumladan, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov ham qatnashgan. Oʻzbekistonlik bir guruh oshpazlar oʻzbekcha palov tayyorlab, mahalliy aholi va mehmonlarga tortiq qilishgan. Shu kuni Shali shahrida Qurʼon hofizlari maktabi ham ochilgan[2].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropaning eng yirik masjidi Buxoro va Samarqand mumtoz meʼmorchiligi uslubida Oʻzbekistonlik meʼmorlar tomonidan barpo etilgan. Masjidning Bosh arxitektori etib, uning loyiha muallifi bo'lmish, Oʻzbekistonlik meʼmor — Abduqahhor Turdiyev taʼyinlangan. Loyihaga, Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov mulohazalari va takliflari asosida, oʻzgartirishlar kiritilgan[2].

Shali masjidining sigʻimi mahalliy aholi sonidan ikki karra koʻpdir[5]. Uning ichi 30 mingdan koʻproq, qoʻshni hududlari esa 70 miggacha namozxonlarga moʻljallangan[2].

Masjid qurilishida faqatgina Gretsiyaning Tasos orolidan qazib olinadigan, qayta ishlangan va zarur shakl berilgan oq marmardan foydalanilgan[2].

Masjidga Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslibida yaratilgan peshtoq orqali kiriladi. Masjid toʻrtta minoradan (63 m.), bir nechta gumbaz va yarim gumbazlardan iborat. Markaziy gumbazi 40 metrdan balandroq. Masjid hududini 12 ta favvora bezab turadi[1].

Masjidning zalida lotos shaklidagi, maxsus buyurtma boʻyicha Turkiyada yasalgan qandil oʻrnatilgan (balandligi 8 m; ogʻirligi 3 t.). U 400 ta chiroq Swarovski billurlari va oltin bilan bezatilgan[2].

Ushbu maqolani tinglang (6 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-iyun, 2022-yil(2022-06-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.