Kontent qismiga oʻtish

Mutavassit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

“Mutavassit”Abdurahmon Jomiyning muammoga oid asari. Toʻliq nomi – “Risolai mutavassit dar muammo” (“Muammo” ilmiga oid yozilgan hajmi oʻrtacha risola). Jomiy ushbu risolaning yozilishi sababini muammo qoidalari boʻyi­cha gʻazal yozgani, bu usul oldin mavjud boʻlmagani hamda oldin yozgan “Hulyat ul-hulal” risolasidagi muammoni yechish qoidalarini soddaroq qilib tushuntirmoqchi boʻlgani bilan izohlaydi.

Alisher Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin”da ushbu risola boʻyicha Jomiy huzurida taʼlim olganini qayd qiladi[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Xamsat ul-mutahayyirin.