Kontent qismiga oʻtish

Mutim ibn Adi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mutim ibn Adi
Tavalludi
Vafoti 623
Bolalari Jubayr ibn Mutim
Otasi Adi ibn Navfal (otasi)

Mutim ibn Adi (arabcha: مطعم بن عدي) – Islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi va muxolifi. Banu Quraysh qabilasining Banu Navfal urugʻin boshligʻi[1].

Mutim ibn Adining otasining ismi Adi Navfal ibn Abdumannof boʻlgan. Mutim ibn Adi Islomni qabul qilmagan va musulmon boʻlmay vafot etgan[2], biroq uning oʻgʻli Jubayr ibn Mutim musulmonlikni qabul qilgan[3].

Abu Bakr qizi Oyshani Mutimning oʻgʻli Jubayr ibn Mutimga unashtirgan. Keyinchalik Mutim ibn Adi Abu Bakrning Islomni qabul qilgani haqidagi xabarni eshitgach, oʻgʻli Jubayrni Abu Bakrning qiziga uylanishini istamagan. Oysha keyinchalik paygʻambar Muhammadga turmushga chiqqan.

  1. A Restatement of the History of Islam and Muslims chapter „Muhammad’s Visit to Taʼif“ quoting John Bagot Glubb's The Life and Times of Mohammed on Al-islam.org
  2. „The Collated Hadith of Israʼ and Miʽraj“. 2018-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  3. „القاموس الإسلامي“. 2001-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-yanvar.