Mutsuzava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mutsuzava

睦沢町
Shaharcha
Skyline of Mutsuzava
Mutsuzava
Bayroq
Mutsuzava
Gerb
35°21′39.7″N 140°19′9.5″E / 35.361028°N 140.319306°E / 35.361028; 140.319306 G OKoordinatalari: 35°21′39.7″N 140°19′9.5″E / 35.361028°N 140.319306°E / 35.361028; 140.319306 G O
Mamlakat Yaponiya
Mintaqa Kanto viloyati
Maydon 35.59 km2 (13.74 mi²)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2020 10-noyabr)
6 928
Zichligi 190 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0475-44-1111
Mutsuzava xaritada
Mutsuzava
Mutsuzava

Mutsuzava (yaponcha: 睦沢町 Mutsuzava-machi?) Yaponiyaning Chiba prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 1-dekabr holatiga koʻra, shaharda 2796 ta xonadonda 6928 nafar aholi istiqomat qiladi[1] va aholi zichligi 1 km² ga 190 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 35,59 kvadrat kilometr (13,74 mi²) ni tashkil etadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boso yarim orolining markazini ajratib turuvchi togʻli hududda oʻrnashgan Mutsuzava unchalik tekis yerlarga ega emas. Shahar asosan doʻnglik, baʼzan tik tepaliklardan iborat. Shahar Chiba prefekturasining janubi-sharqiy qismida, prefektura poytaxti Chibadan taxminan 30 kilometr uzoqlikda va Tokio markazidan 60-70 kilometr uzoqlikda joylashgan. Hudud Kanto tekisligida joylashgan boʻlib, gʻarbdan sharqqa 2 metrdan 168 metrgacha uzunlikka choʻzilgan. Shaharning markaziy qismidan Habu, Mizusava va Chorakudzi daryolari oqib oʻtadi hamda shimoli-sharqdagi Ichinomiya daryosiga borib qoʻshiladi.

Qoʻshni munitsipalitetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiba prefekturasi

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutsuzava nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Mutsuzavada oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C ni tasgkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1745 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,9 °C, eng past harorati esa yanvarda, 5,7 °C atrofida boʻladi[2].

Mutsuzava aholisining oʻsish darajasi
Mutsuzava aholisining oʻsish darajasi

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Mutsuzava aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19509,362—    
19608,152−12.9%
19706,259−23.2%
19807,068+12.9%
19907,956+12.6%
20008,244+3.6%
20107,341−11.0%

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutsuzava qadimgi Kazusa provinsiyasining bir qismi boʻlib, qadim zamonlardan beri rivojlanib kelgan va Kofun davriga oid bir nechta mozorlarga ega. Myoraku-ji, Heian davrida qurilgan ibodatxonada Yaponiyaning muhim madaniy obyektlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Dainichi Nyorayning yogʻoch haykali oʻrnatilgan. Edo davrida Mutsuzava Otaki domenining bir qismi boʻlgan. Tsuchimutsu va Mizusava qishloqlari 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan. Ikki qishloq 1955-yil 11-fevralda Chonan shahrining bir qismi bilan birlashib, Mutsuzava qishlog‘ini barpo etgan. 1983-yil 1-aprelda u shaharcha maqomiga koʻtarildi.

Hukumat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutsuzava toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Chosei tumanidagi boshqa munitsipalitetlar bilan birgalikda Mutsuzavada ham Chiba prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Chiba 11-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutsuzavaning qishloq xoʻjaligi rayonlarida guruch va sut yetishtiriladi. Shahar, shuningdek, Minami Kanto gaz konida joylashgan boʻlib, tabiiy gaz qazib olish mahalliy iqtisodiyotga hissa qoʻshadi.

Taʼlim tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutsuzavada bitta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda davlat yuqori maktabi mavjud emas.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temir yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mutsuzavada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar hech qanday milliy magistral yoʻllarida joylashmagan.

  • Chiba prefekturasi yoʻli 148
  • Chiba prefekturasi yoʻli 150
  • Chiba prefekturasi yoʻli 151

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Choseifudoson
Myorakuji
Ubajinja
Oyagiyakata
Mutsuzavadagi ziyoratgohlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]