Kontent qismiga oʻtish

Muzyurak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Muzyurak (2013 film)dan yoʻnaltirildi)
Muzyurak
Frozen

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Chris Buck
  • Jennifer Lee
Prodyuser(lar) Peter Del Vecho
Ssenariynavis(lar) Jennifer Lee
Hikoya
  • Chris Buck
  • Jennifer Lee
  • Shane Morris
Rollarda
Bastakor(lar)
  • Robert Lopez
  • Kristen Anderson-Lopez
  • Christophe Beck
Muharrir(lar) Jeff Draheim
Studiya(lar)
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Davomiyligi 102 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $150 million[2][3]
Daromadi $1,276 milliard[3]
Keyingi film Muzyurak 2

Muzyurak (inglizcha: Frozen) — 2013-yilda Walt Disney Pictures tomonidan ishlangan 3D formatli musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion film.[4] Kartina Disney animatsion filmlarining 53chi toʻliqmetrajli filmi boʻlib, film gʻoyasi Hans Christian Andersenning „Qor malikasi“ hikoyasiga asoslangan hisoblanadi.[5] Film voqealariga koʻra, Anna opasi Elsani (Qor malikasi) topish ilinjida, Kristoff va uning bugʻusi Sven bilan birgalikda yoʻlga chiqishadi.

Muzyurak filmining premyerasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida 22-noyabr 2013-yilda boʻlib oʻtdi.[6][7][8] Film dunyo boʻylab $1.276 milliard jamgʻardi. Film AQSh va Kanadada $400 million, Yaponiyada esa $247 millionni tashkil etadigan, jami $1.276 milliard daromadiga ega kartina hisoblanadi. Shunga koʻra, film daromadi boʻyicha 2013-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida 13chi eng yuqori daromadli film, faqat animatsion filmlar miqyosida esa Qirol Sher filmidan keyin 2chi eng yuqori daromadli animatsion film sanaladi. Kartina, shuningdek, ayol rejissorlik qilgan eng daromadli film ham hisoblanadi. Film roʻyxatni yangilamaganiga qadar, bu roʻyxatda Warner Bros. Pictures tomonidan ishlangan Moʻjizakor ayol filmi turar edi.[9]

Arendelle malikasi Elsa sehrli kuchga ega boʻlib, bu kuch unga muz va qorni boshqarish va yaratishga imkon beradi, koʻpincha bu qobiliyatni u singlisi Anna bilan oʻynash uchun ishlatadi. Elsa tasodifan sehr-jodu bilan Annani jarohatlaganidan soʻng, ularning ota-onalari — Qirol va Qirolicha, ikkala farzandlari — Elsa va Annani Grand Pabbie boshchiligidagi trollar koloniyasiga olib borishadi. U Annani davolaydi, biroq Elsaning sehrgarlik qobiliyatuni unutishi uchun uning xotiralarini oʻzgartiradi. Grand Pabbie Elsani oʻz kuchlarini boshqarishni oʻrganishi kerakligini va qoʻrquv uning eng katta dushmani boʻlishini ogohlantiradi. Qirol va Qirolicha ikkala opa-singillarini ham qasr ichkarisida bir-birlari bilan uchrashishga yoʻl qoʻyishmaydi va qal’a eshiklarini yopib qoʻyishadi. Singlisini tobora oldindan aytib boʻlmaydigan kuchlardan himoya qilish maqsadida boʻlgan Elsa, Anna bilan barcha aloqalarni toʻxtatadi va ular oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi. Opa-singillar oʻspirin boʻlganida, ularning ota-onalari boʻron paytida dengizda yoʻqolgan.

21 yoshga toʻlganidan soʻng, Elsa Arendelle qirolichasi sifatida kiyinishi kerak. U qirollik fuqarolari uning kuchi toʻgʻrisida bilib qolishidan va undan qoʻrqishlaridan choʻchiydi. Qal’aning darvozalari koʻp yillar davomida ilk bor boshqa qirolliklardan keladigan mehmonlar va mahalliy aholiga ochildi. Mehmonlar orasida hiyla-nayrangli Weselton gersogi va janubiy orollar shahzodasi Hans ham bor. Hans va Anna bir qarashda bir-birlarini sevib qolishdi. Anna va Hans, qasrda oʻtkazilayotgan tantanali marosimda romantik aloqani rivojlantiradilar va Hans beixtiyor Annaga turmush qurishni taklif qiladi, biroq Elsa, Anna undan turmushga chiqishni soʻraganda qarshi chiqadi. Xafa boʻlib, sarosimaga tushgan Anna norozilik bildiradi hamda Elsadan bundan nega qoʻrqishi va izolyatsiya sababini tushuntirishini iltimos qiladi. Hissiy tanglik Elsani tasodifan mehmonlar oldida oʻz qobiliyatlarini ishga solishiga olib keladi. Bu hodisadan soʻng, gersog tomonidan yirtqich maxluq deb atalgan Elsa, Shimoliy togʻga qochib ketadi va u yerda nihoyat oʻz kuchini tan oladi va hayotini oʻtkazish uchun muzli saroyni barpo etadi. Bu jarayonda uning sehri beixtiyor, Arendelleni abadiy qish bilan qamrab oladi.

Anna Elsani topishga va qishni tugatishga undash uchun qasrdan chiqishga jur’at etdi va Hansga vaqtincha amalda hokimiyatni topshirdi. Uzoq safarga yoʻl olgan Anna, adashib, Wandering Oakenga tegishli doʻkonda materiallar yigʻib yuribdi. U Kristoff ismli muz yoruvchi va uning bugʻusi — Sven bilan uchrashib, toqqa chiqishga yordam berishini soʻraydi, ular esa oxir-oqibat rozi boʻladi. Boʻrilar hujumi Kristoffning chanasini sinishiga olib keladi. Ular piyoda yurib, Elsa tomonidan bilmagan holda hayot berilgan qor odam — Olaf bilan uchrashishadi va u, oʻzini saflariga qoʻshishni taklif qiladi. Bosh tarafdan, Annaning oti, Annasiz Arendellega qaytib kelganda, Hans Anna va Elsani, gersogning askarlari hamrohligida, Elsani oʻldirish boʻyicha maxfiy buyruq bilan topishga kirishdi.

Anna muz saroyiga yetib borgach, Elsa bilan uchrashadi. Anna Arendellega nima boʻlganini aytib berganida, dahshatga tushgan Elsa sehrini qanday bekor qilishni bilmasligini tan oladi. Uning qoʻrquvi uning kuchlarini yana bir bor namoyon boʻlishiga olib keladi va u tasodifan Anna yuragini muzlatib, unga jiddiy shikast yetkazadi. Keyin Elsa Anna, Kristoff va Olafni quvib chiqaradigan Marshmallow nomli ulkan qor maxluqini yaratadi. Elsa sehrining Annaga taʼsirini anglagan Kristoff uni trollar, yaʼni uni asrab olgan oilasi yoniga olib boradi. Annani holatini koʻrgan Grand Pabbie esa, sehrni faqat „chin muhabbat“ bekor qilishi mumkinligini, aksi boʻlsa, Anna muzlab qolishini aytadi.

Kristoff Annani zudlik bilam qasrga olib bormoqchi, chunki Hansning chin muhabbat timsolida Annadan olgan boʻsasi, uni qutqarishi mumkin. Hans va uning odamlari Elsaning saroyiga yetib boradilar, ular Marshmallowni magʻlub etishadi va Elsani qoʻlga olishadi. Keyin Anna Hansning yoniga yetib boradi (bu paytda, Hans qasrga qaytgan edi), biroq u Annadan boʻsa olish oʻrniga, aslida ikkala opa-singilni ham yoʻq qilish orqali Arendelle taxtini egallashni rejalashtirganligini aytadi. Hans Annani oʻlishi uchun xonaga qamab qoʻyadi. Keyin, Hans Annani oʻldi deb oʻylab, uni Elsa oʻldirdi, deb mulozimlarga aytish orqali hokimiyatni qoʻlga kiritadi. U qirolicha Elsani qatl etishni buyuradi, keyinchalik Elsaning hibsxonadan qochib qutulganini bilib oladi.

Olaf Annani ozod qiladi. Olaf Annaga, unga oshiq boʻlgan Kristoff bilan uchrashishni aytib, boʻron boʻlayotgan tashqariga chiqishga urinishadi. Hans Elsani ortidan taʼqib qilib, unga „Annani Elsa oʻldirganligini“ aytadi, Elsa buni eshitgan zahoti boʻronni toʻsatdan toʻxtatdi. Keyin, Anna Elsani oʻldirmoqchi boʻlgan Hansni koʻrdi; u Hansni toʻxtatib, Hans tarafidan Elsa tomon borayotgan qilichni qoʻli bilan toʻxtatadi, sababi u muzlab qolgan edi. Keyin Elsa, gʻamga botib, Annani quchoqlaydi, uning Annaga boʻlgan muhabbati, Annaning muzlagan yuragini eritib, oʻz holiga qaytaradi.

Muhabbat uning sehrini boshqarish uchun kalit ekanligini anglagan Elsa, qishni tugatadi va iliq ob-havodan omon qolish uchun Olafga shaxsiy doimo qor yogʻadigan bulutcha tuhfa etadi. Hans hibsga olingan va xiyonat uchun qirollikdan surgun qilingan, gersogning esa Arendelle bilan savdo aloqalari uzilgan. Anna Kristoffga yangi chana sovgʻa qiladi va ikkalasi ham bir-birlaridan boʻsa olishadi. Opa-singillar birlashdilar hamda Elsa bundan buyogʻiga, qal’a eshiklarini boshqa yopmaslikka vaʼda berdi.

Titrdan keyingi sahnada, Marshmallow Elsaning tashlab yuborilgan tojini topadi. Keyin Marshmallow tojni boshining tepasiga qoʻyadi va tabassum qiladi.

Ovoz berganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kristen Bell, Idina Menzel, Jonathan Groff va Josh Gad
18 yoshli qiz, Arendelle malikasi va Elsaning singlisi[10]
    • Livvy Stubenrauch — 5 yoshli Anna[11]
    • Katie Lopez — 5 yoshli Anna (ashulasi)[12]
    • Agatha Lee Monn — 9 yoshli Anna[13]
  • Idina Menzel — Elsa:
21 yoshli Arendelle qirolichasi va Annaning opasi[10][14]
Trollar tomonidan tarbiya olgan yigit, keyinchalik Annaning sevgilisi va Svenning (bugʻu) egasi[18][19]
Elsa va Annaning bolaligida yasalgan va yozni orzu qiluvchi kulguli qorbola[10][21][22]
Southern Isles shahzodasi va Annaning soxta sevgilisi[18]
Trollar qiroli[23]
Kristoffning trol onasi[25][26]
Bahaybat qor maxluqi,[27] Elsa barpo etgan muzli saroyni qoʻriqlaydi.
Anna va Elsaning otasi[26]
Anna va Elsaning onasi[28]
  1. „Frozen“. Ontario Film Review Board (12-noyabr 2013-yil). 16-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2014-yil. (Wayback Machine saytida 16-yanvar 2014-yil sanasida arxivlangan)
  2. Smith, Grady. „Box office preview: "Frozen" ready to storm the chart, but it won't beat "Catching Fire"“ (27-noyabr 2013-yil). 28-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2013-yil.
  3. 3,0 3,1 „Frozen (2013)“. Box Office Mojo. 12-avgust 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2014-yil.
  4. „Disneyland Resort Debuts "World of Color – Winter Dreams," a Merry New Spectacular for 2013 Holiday Season“ (27-iyul 2013-yil). 7-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2013-yil. „from the upcoming Walt Disney Pictures animated feature "Frozen"“.
  5. „Archived copy“. The New York Times. 6-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2017-yil.
  6. Liu, Meng. „Disney's "Frozen" Premiere Turns L.A. Into a Winter Wonderland“ (19-noyabr 2013-yil). 23-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  7. Barnes, Brooks. „Boys Don't Run Away From These Princesses“ (1-dekabr 2013-yil). 1-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2013-yil.
  8. Zuckerman, Esther. „Is "Frozen" a New, Bona Fide Disney Classic?“ (4-noyabr 2013-yil). 5-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2013-yil.
  9. „"Wonder Woman" Is Now the Top Female-Helmed Film at the Domestic Box Office“ (deadlink). Blog.womenandhollywood.com. 24-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2017-yil.
  10. 10,0 10,1 10,2 Nachman, Brett. „Disney In Depth: The Future Of Disney Animation (Frozen, Paperman, & Wreck-It Ralph) – A Recap Of D23's Destination D Event“ (16-avgust 2012-yil). Qaraldi: 17-avgust 2012-yil.Andoza:Unreliable source?
  11. Toti, Paula „Local Girl stars in Disney's "Frozen"“ (deadlink). WKRC-TV Local12.com (10-dekabr 2013-yil). 19-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2013-yil.
  12. ScreenSlam. „Frozen: Songwriters Kristen Anderson-Lopez & Robert Lopez Official Movie Interview – YouTube“ (Video). YouTube (31-oktabr 2013-yil). 10-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-yanvar 2014-yil.
  13. Wloszczyna, Susan. „With Frozen, Director Jennifer Lee Breaks the Ice for Women Directors“ (26-noyabr 2013-yil). 8-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2014-yil.
  14. Breznican, Anthony. „Disney's "Frozen": Kristen Bell and Idina Menzel to voice animated tale“ (11-iyun 2012-yil). 18-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2013-yil.
  15. Covert, Colin. „Disney's animated "Frozen" is pretty chill“ (29-noyabr 2013-yil). 3-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2014-yil.
  16. 16,0 16,1 „Frozen(2013) – Cast & Crew“. 19-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2014-yil.
  17. Lee 2013, s. 10.
  18. 18,0 18,1 Alexander, Bryan. „"Frozen" defrosts Kristen Bell's Disney dreams“ (17-iyun 2013-yil). 18-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2013-yil.
  19. „Jonathan Groff joins Disney's Frozen Voice Cast“ (19-dekabr 2012-yil). 21-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2012-yil.
  20. „Tyree Brown“. NBC. 27-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2015-yil.
  21. Sarto, Dan. „Oscar® Tour SoCal Day 2 Continues at Disney Feature Animation“ (21-fevral 2013-yil). 8-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2013-yil.
  22. 22,0 22,1 Snetiker, Marc. „Santino Fontana and Josh Gad Join Disney's Frozen, Starring Jonathan Groff & Idina Menzel“ (18-iyun 2013-yil). 22-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2013-yil.
  23. Duralde, Alonso. „"Frozen" Review: Disney's Best Animated Musical Since "Beauty and the Beast"“. TheWrap (3-noyabr 2013-yil). 5-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2013-yil.
  24. „"Frozen" Movie Stills – Oaken (voiced by Chris Williams)“ (11-iyul 2013-yil). 15-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2013-yil.
  25. Lee 2013.
  26. 26,0 26,1 „Frozen“. British Film Institute. 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2013-yil.
  27. Guzman, René „S.A. artist drew on personal experience for 'Big Hero 6’ scene“. expressnews.com (11-noyabr 2014-yil). 13-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2014-yil.
  28. „How Well Do You Know... Frozen?“. Disney Insider (29-yanvar 2014-yil). 2-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2014-yil.

Qoʻshimcha maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]