The Three Caballeros
The Three Caballeros | |
---|---|
Film posteri | |
Rejissyor(lar) |
|
Prodyuser(lar) | Walt Disney |
Hikoya |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) |
|
Studiya(lar) | Walt Disney Productions |
Distribyutor | RKO Radio Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 71 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Tillar | |
Daromadi | $3 355 000[2] |
The Three Caballeros („Uch chavandoz“) 7chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1944-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Productions tomonidan ishlangan va RKO Radio Pictures tomonidan tarqatilgan. Film rejissorlari — Norman Ferguson, Clyde Geronimi, Jack Kinney, Bill Roberts va Harold Young, hikoyani esa Homer Brightmen, Ernest Terrazas, Ted Sears, Bill Peet, Ralph Wright, Elmer Plummer, Roy Williams, William Cottrell, Del Connell va James Bodrero yozishgan.
The Three Caballeros animatsion filmi ilk marotaba 1944-yil 21-dekabrda Mexiko shahrida namoyish etildi. Film butun dunyo boʻylab $3,3 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Donald Duckning 10 yilligini munosabati bilan ishlangan bu film, har biri umumiy mavzu bilan bogʻlangan yetti qismdan iboratdir. Filmda Donald Duckning tugʻilgan kuni (yaʼni, 13-juma) boʻlib, u Lotin Amerikasidagi doʻstlaridan uchta sovgʻa oladi. Birinchi sovgʻa — kinoproyektor boʻlib, unda „Aves Raras“ deb nomlangan qushlar haqidagi hujjatli film namoyish etiladi. Hujjatli filmning birinchi qismida Janubiy Amerikaning Ekvatorial qismida iliq ob-havo izlayotgan pingvin Pablo haqida hikoya qilinadi. Keyingi qismda, Lotin Amerikasining baʼzi gʻalati qushlari haqida batafsil bayon qilinadi.
Keyingi sovgʻa — José tomonidan Donaldga berilgan kitobdir. Ushbu kitob Braziliyaning 26 shtatidan biri boʻlgan Bahia (filmda „Baía“ deb yozilgan) haqida hikoya qiladi. Keyin José va Donald, kitob ichiga kirishlari uchun oʻzlarini kichraytirishadi. Donald va José jonli samba raqsiga tushadigan mahalliy aholining bir nechtasi bilan uchrashishadi. Safardan soʻng, Donald va José kitobdan chiqishadi.
Qaytib kelgach, Donald oʻzining uchinchi sovgʻasini ochish uchun juda kichikligini tushunadi. José Donaldga oʻzini kerakli hajmga qaytarish uchun „qora sehr“ dan qanday foydalanishni koʻrsatib beradi. Sovgʻani ochgandan soʻng, u vatani Meksika boʻlgan Panchito bilan uchrashadi. Bu uchlik „The Three Caballeros“ („Uch kaballerlar“) nomini oladi va bayram qilishadi. Keyin Panchito Donaldning navbatdagi sovgʻasi — piñatani taqdim etadi. Panchito Donaldga piñata ortidagi urf-odat haqida aytib beradi. Keyin José va Panchito Donaldning koʻzlarini bogʻlashdi va unga piñatani ochishga urinishdi, natijada koʻplab kutilmagan hodisalar yuz beradi.
Film davomida Aracuan qushi tasodifiy lahzalarda paydo boʻladi. U, odatda, oʻzining aqldan ozgan antiqa ishlari bilan hammani haqorat qiladi, baʼzida Joséning sigarasini oʻgʻirlaydi va uni rashk qilishga undaydi. Bu qush, hattoki, Donald va José minib ketayotgan poyezdni yangi yoʻllarni chizish orqali qayta yoʻnaltiradu, bu esa poyezdning parchalanishiga olib keladi.
Film yetti qismdan iborat:
- The Cold-Blooded Penguin
- The Flying Gauchito
- Baía
- Las Posadas
- Mexico: Pátzcuaro, Veracruz and Acapulco
- You Belong to My Heart and Donald’s Surreal Reverie
Ovoz berganlar va personajlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Clarence Nash – Donald Duck
- José Oliveira – José Carioca
- Joaquin Garay – Panchito Pistoles
- Pinto Colvig – Aracuan Bird
- Aurora Miranda – Yaya
- Dora Luz
- Carmen Molina
- Sterling Holloway – sharhlovchi (Pablo The Cold-Blooded Penguin)
- Frank Graham – Narrator
- Fred Shields – sharhlovchi (The Flying Gauchito)
- Francisco „Frank“ Mayorga – Mexican Guitarist
- Nestor Amaral
- Trío Calaveras
- Trío Ascencio del Río
- Padua Hills Player
- Carlos Ramírez – Mexico
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Three Caballeros: Detail View“. American Film Institute. Qaraldi: 27-aprel, 2014.
- ↑ Richard B. Jewell's RKO film grosses, 1929–51: The C. J. Trevlin Ledger: A comment.. Historical Journal of Film, Radio and Television, 14 tom, 1 son, 1994-yil..