Kontent qismiga oʻtish

Nauru

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Nàúrùdan yoʻnaltirildi)
Nauru Respublikasi
Ripublik Naoero
ShiorGod's will first
Madhiya: Nauru Bwiema
(Nauru Our Homeland)
Location of Nauru
Poytaxt Yaren Okrugi (de facto)
Rasmiy til(lar) Naurucha
Inglizcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Baron Waqa
Mustaqillik (from Australia-, NZ-, and UK-administered UN trusteeship)
• Sana
31-yanvar 1968
Maydon
• Butun
021 km2 (231-oʻrin)
• Suv (%)
0.57
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
13,048 (224-oʻrin)
• Zichlik 621/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$60 mil. (223-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$4,598
Pul birligi Avstralia dollari (AUD)
Vaqt mintaqasi UTC+12
• Yoz (DST)
UTC+12
Qisqartma NR
Telefon prefiksi 674
Internet domeni .nr


Nauru, Nauru Respublikasi (Republik of Nauru) — Tinch okeanning janubigʻarbiy qismidagi Nauru orolda joylashgan davlat. Maydoni 21 km². Aholisi 12,3 ming kishi (2002), Rasmiy poytaxti yoʻq. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament — Yaren okrugida. Maʼmuriy jihatdan 8 okrug (district)ra boʻlinadi.

Nauru — Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi respublika. 1968-yilgi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshligi — prezident. U parlament aʼzolari orasidan 3 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni aholi tomonidan 3 yil muddatga saylanadigan va 18 aʼzodan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament aʼzolaridan boʻladi.

Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib 1798-yilda ingliz dengizchisi J. Fern kelgan, 1830-yillardan savdogarlar, marvarid qidiruvchilar koʻchib kela boshlagan. 1888-yilda Germaniya orolni bosib olib, uni oʻzining Marshall orollari protektoratiga qoʻshdi. 1898-yilda Nauruda boy fosforit koni topildi. 1914-yilda orolni Avstraliya qoʻshinlari egalladi. 1919-yilda Nauru Millatlar Ligasining mandatli hududi sifatida Buyuk Britaniya, Avstraliya vaYangi Zelandiyaga birgalikda boshqarish uchun beriddi. 1942-yilda Nauruni yaponlar bosib oldi. 1947-yilda BMTning vasiyligidagi Nauru oroli yana Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya boshqaruviga oʻtdi. 1940—50 yillarda mamlakatda mustaqillik harakati kuchaydi. 1951-yilda qabila boshliklari kengashi (1927-yil tuzilgan) asosida Nauru mahalliy boshqaruv kengashi tashkil etildi. 1966-yilda tuzilgan Qonun chiqaruvchi va Ijroiya kengashlari mahal-liy boshqaruv sohasida haqiqiy huquqlar oldi. Nihoyat, 1968-yilda Nauru mustaqil davlat — Nauru Respublikasi deb eʼlon qilindi. Nauru — 1999-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31-yanvar — Mustaqillik kuni (1968).

Nauru orol tektonik harakat natijasida suv ostida koʻtarilgan atoll boʻlib, unda halqasimon marjon qoyalari koʻtarmalari saqlangan. Yer yuzasi — plato (eng baland joyi 65 m). Platoning chetlaridagi kambar (eni 200 m gacha) sohil — terrasasimon. Iklimi issiq; oylik oʻrtacha temperatura 28°, yillik yogʻin 2500 mm. Doimiy oqar suvlari yoʻq. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. Oʻsimligi qattiq bargli daraxt va bu-talardan iborat. Dengiz qushlari va hasharot koʻp.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining 60% mahalliy nauru (polineziyalik)lar, qolgan qismi — Okeaniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, filippinlar va yevropaliklar. Rasmiy tillari — nauru va ingliz tillari. Dindorlarning 60% — protestant, qolganlari — katolik va boshqa.

Davlat va Siyosat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nauruda yagona partiya — Nauru demokratik partiyasi mavjud, u 1987-yilda tuzilgan. Mamlakat kasaba uyushma birlashmasi Nauru ishchi tashkiloti deb ataladi (1974-yilda asos solingan).

Xalq Xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotining asosini fosforit qazib olish va eksport qilish tashkil etadi (yiliga 2 mln. tonna). Tropik oʻsimliklar, asosan, kokos palmasi oʻstiriladi, sabzovot va mevalar ham yetishtiriladi. Baliq ovlash va hunarmandchilik rivojlangan. Chetga, asosan, fosforit va kopra chiqariladi, chetdan oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashina va kon uskunalari, yonil-gʻi, uyroʻzgʻor asboblari keltiriladi. Sohil boʻylab 19 km tosh yoʻl qurilgan. Fosforit koni bilan port oraligʻidagi temir yoʻl uzunligi — 6 km. Tashqi savdodagi mijozlari: Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya. Pul birligi — Avstraliya dollari.

Nauru maktablarida 2200 kishi taʼlim oladi. 1000 ga yaqin kishi chet ellarda oʻqiydi. Xukumatga qarashli "Bulletin" gaz. ingliz va nauru tillarida haftada 1-marta chiqadi. Nauru radioeshittirish xizmati (1968-yildan) va Nauru televideniyesi (1991-yildan) ishlaydi.[1]

Xalqaro Munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tinch okeanining g'arbiy qismida shu nomli orolda joyla shgan bu davlatning axolisi 14 000 kishidan iborat. O'z mustaqilligiga 1968-yilda erishgan. Nauru davlatini Avstraliya o'z ximoyasiga olgan va bu shunchaki shartnoma emasligini amalda xam isbotlagan. 1940-yilda Nauru xali mustaqil davlat maqomiga ega bo'lmagan bo'lsada, Germaniya xujum qilgan payitda Avstraliya ko'makka kelgan. Lixtenshteyn Poytaxti Vaduts shahri bo'lgan Markaziy Yevropadagi bu davlat Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh. Knyazlikda konstitutsa monarxiya tizimi xukum suradi. Garchi biror bir davlat rasman Lixtenshteyn mudofasini o'z zimmasiga olmagan bo'lsada, knyazlik xukumati Shvetsariyada o'tqazilgan muzokaralar chog'ida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganligini takitlaydi.[2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-23