Kontent qismiga oʻtish

Nikaragua

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Nîkaraguadan yoʻnaltirildi)
Nikaragua Respublikasi
República de Nicaragua
ShiorEn Dios confiamos
Madhiya: Salve a ti, Nicaragua
(Hail to You, Nicaragua)
Location of Nikaragua
Poytaxt Managua
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Daniel Ortega
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
15-sentabr 1821
Maydon
• Butun
129,494 km2 (97-oʻrin)
• Suv (%)
7.14
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
5,465,100 (108-oʻrin)
• Zichlik 42/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$13,240 mil. (130-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$3,100
Pul birligi Cordoba Oro (NIO)
Vaqt mintaqasi UTC−6
• Yoz (DST)
UTC−6
Qisqartma NU
Telefon prefiksi 505
Internet domeni .ni

Nikaragua (Nicaragua), Nikaragua Respublikasi (Republika de Nicaragua) — Markaziy Amerikadagi davlat. Maydoni 129,494 ming km². Aholisi 6 mln. kishi (2020). Poytaxti — Managua shahri. Maʼmuriy jihatdan 15 departament (departamento) va 2 muxtor regionga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikaragua — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987-yil 9-yanvarda kabul qilingan, unga 1995 va 2000-yillarda tu-zatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002-yildan Enrike Bolan-os Geyer). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.

Karib dengizi qirgʻogʻidagi ensiz (130 km gacha) allyuvial pasttekislik Moskito sohili deb ataladi. Mamlakat shimoliy va markazidagi yassi togʻlikni daryolar kesib oʻtadi (Kordilyera-Isabelya togining eng baland choʻqqisi 2438 m). Gʻarbi va janubida tek-tonik botiq, vulkanlar, koʻllar bor. Yirik koʻllari — Nikaragua va Managua. Zilzila boʻlib turadi. Oltin, kumush, nikel, simob, mis, qoʻrgʻoshin-rux, kumir, neft konlari bor. Iklimi tropik, passatli, doimiy nam. Oylik oʻrtacha temperatura 25—28°, togʻlarda 16—18°, yillik yogʻin 2000–4000 mm dan 6500 mm gacha. Daryolari shar-sharali, sersuv, eng katta daryosi — Rio-Grande. Mamlakat hududining 50% dan koʻprogʻi oʻrmon, ichki hududlarida savanna koʻp. Nikaraguada bugʻu, maymun, tapir, pekar, chumolixoʻr, shuningdek, juda koʻp kemiruvchilar, kurshapalaklar, qushlar, sudraluvchilar uchraydi. Vol-kan-Masaya, Saslaya milliy boglari bor.

Aholisining 87,7% ga yaqini nikaraguanlar. Kolgan qismi sambo, mulatlar, togʻli joylarda moskito (indeys)lar. Ispan-indeys metislari latino deb ataladi. Rasmiy tili — ispan tili. Koʻpchilik aholi katolik, bir qismi protestant. Shahar aholisi 61%. Yirik shaharlari: Managua, Leon, Matagal-pa, Granda.

Kadimda Nikaragua hududida chibcha, atstek, toltek kabi indeys qabilalari yashagan. Mamlakat kabilalardan birining boshligʻi Nikarao nomi bilan atalgan. Nikaraguaga 1502-yil 16-sentyabrda yevropaliklardan birinchi boʻlib X. Kolumb borgan. 1524-yilda ispanlar uni mustamlaka qilib oldilar. 1573-yilda Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga ki-ritildi. Mahalliy aholining koʻpchiligi qirib tashlandi, bir qismi qul qilindi. Ispan konkistadorlari va ularning avlodlari — kreollar mamlakat yerlarining koʻp qismini egalladilar. Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qul negrlar keltirildi. 19-asr oxiriga kelib, Nikaraguada Liberal va Konservativ partiyalar paydo boʻddi. 1821-yil 15-sentyabrda Nikaragua mustaqillikka erishdi. 1824-yil quddorlik bekor qilindi. Nikaragua 1822-yil Meksika imperiyasi, 1823—38 yillarda Markaziy Amerika qoʻshma provinsiyalari tarkibida boʻldi. 1855-yil Nikaraguani AQSH qoʻshinlari bosib oldi. 1856-yil amerikalik U. Uoker oʻzini Nikaragua prezidenti deb eʼlon qildi, ammo Gvatemala, Salvador va Gondu-rasning birlashgan qoʻshinlari Uokerni Nikaraguadan haydab yubordi. Bu kurashda faol qatnashgan T. Martines 1857—67 yillar Nikaragua prezidenti boʻldi. Shundan keyin hokimiyat goh konservatorlar, goh liberallar qoʻliga oʻtdi. X.S. Selaya boshliq liberallarning milliy siyosatini yoqtirmagan AQSH qoʻshinlari 1911-yil intervensiya uyushtirib, Nikaragua hukumatini agʻdarib tashladi va mamlakatni okkupatsiya qilib oldi (1912—33). 1927-yil A. S. Sandino boshchiligida milliy ozodlik kurashi kuchayib, vatanparvarlar gʻalabasi bilan tugadi. Ammo milliy gvardiya qoʻmondoni A. Somosa xiyonat yoʻliga kirib, A. Sandino joniga qasd qildi va 1936-yilda davlat toʻntarishi uyushtirdi. Mamlakatda Somosa xona-donining harbiysiyosiy istibdodi hukmron boʻlib oldi. 60-yillar boshida mamlakatda keng xalq harakati boshlandi. 1961-yil Sandinochilar milliy ozodlik fronti tuzildi, u Somosa rejimini agʻdarish uchun kurashda yetakchi siyosiy va harbiy kuchga aylandi. 1974-yil tuzilgan Ozodlik demokratik ittifoqi mamlakatning yetakchi muxolifat partiyalarini birlashtirdi, 1978-yil Keng muxolifat fronti tuzildi. Somosa diktaturasi butunlay yakkalanib qoldi. Oʻsha yil avgustda butun mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi va 1979-yil 19 iyudda xalq inqilobi gʻalaba qozon-di, A. Somosa diktaturasi agʻdarib tashlandi. Butun hokimiyat Milliy tikla-nish hukumati qoʻliga oʻtdi. 1984-yil 4-noyabrda erkin yalpi saylov oʻtkazildi. Sandinochilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001-yil 4-noyabrdagi saylovda gʻalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyachilar partiyasining rahbaridir. Nikaragua — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayram — 15-sentyabr — Mustaqillik kuni (1821).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikaragua sotsialistik partiyasi, 1939-yil asos solingan, 1944-yil 3-iyulda tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan; Musta -qil liberal partiya, 1944-yil tashkil etilgan; Nikaragua sotsial xristian partiyasi, 1957-yil tuzilgan; Sandinochilar milliy ozodlik fronti partiyasi, 1961-yil tashkil etilgan; Liberal konstitutsiyachilar partiyasi, 1967-yil tuzilgan; Milliy birlik mustaqil liberal partiyasi, 1988-yil tuzilgan; Nikaragua konservativ partiyasi, 1922-yil Konservativ demokratik partiya bilan Sotsial-konservativ partiyaning qoʻshilishi natijasida vu-judga kelgan; Sandinochilar yangilanish harakati, 1995-yil mayda tuzilgan. Nikaraguada 5 ta kasaba uyushmasi bor, ularning yiriklari: Mexnatkashlar milliy fronti, 1979-yilda asos solingan; Qishloq xoʻjaligi mahnatkashlari uyushmasi, 1979-yilda tuzilgan; Nikaragua mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1962-yil tashkil etilgan.

Nikaragua — agrar mamlakat, sanoati sust rivojlangan. Mamlakatda qimmatbaho qizil daraxt, kedr, kebracho, kauchukli daraxtlar koʻp. Foydali qazilmalarni kavlab olish yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi — 30,8%, sanoatning ulushi — 17,5%.

Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil eta-di, unda paxta, kofe, shakarqamish yetishtiriladi. Sholi, kunjut, loviya, makkajoʻxori, banan, tamaki, kakao ham ekiladi. Yaylov chorvachiligida qoramol, choʻchqa boqiladi. Iqtisodiy faol aholining 47% qishloq xoʻjaligida band. Sohil aholisi baliq va dengiz jonivorlarini ovlash bilan shugʻullanadi.

Oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin-rux rudalari, neft qazib olinadi. Oziq-ovqat va yengil (asosan, toʻqimachilik va poyabzal) sanoat — qayta ishlash sanoatining yetakchi tarmoklari hisoblanadi. Kushxonalar, qand-shakar, paxta tozalash korxonalari, koʻnchilik zavodlari, metallsozlik, kimyo, farmatsevtika, sement, qogʻoz, yogʻochsozlik tarmoklarining mayda korxonalari bor. Managua yaqinida neft mahsulotlari zavodi qurilgan. Yiliga oʻrtacha 1,07 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat mar-kazlari — Managua, Leon, Masaya. Transport yoʻli uzunligi — 403 km, avtomobil yoʻllari — 14,4 ming km. Dengiz portlari — Korinto, Blufilds, SanXuan-del-Sur. Nikaragua chetga paxta tolasi, chigit, kofe, goʻsht, qand-shakar, yogʻoch, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, tayyor buyumlar, xom ashyo va boshqalarni sotib oladi. Sav-do-sotiqdagi asosiy hamkorlari: AQSH, Markaziy Amerika mamlakatlari, Germaniya, Yaponiya, Kanada, Ispaniya, Meksika, Italiya. Pul birligi — oltin kordoba (oro).

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Leondagi N. Milliy muxtor universitetining tibbiyot fakultetida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 yillarda mamlakat aholisining 70%, qishloq aholisining 90% savodsiz boʻlgan. 1979-yildan yalpi majburiy umumiy boshlangʻich taʼlim joriy etila boshladi. Oʻrta taʼlim [oʻrta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor universiteti (1812-yilda asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika universitetining N. boʻlimi (1961), Managuadagi universitet (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geografiya va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geologiya mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi instituti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda universitet markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya shahrida "Tenderi" muzeyi va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshitgirishi va tele-koʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yirik gazeta va jurnallari: "Barrikada" (kundalik gazeta, 1979-yildan), "Brigadista" (oyiga 2-marta chiqadigan gazeta, 1981-yildan), "Gaseta" (kundalik rasmiy gazeta, 1912-yildan), "Nuevo diario" ("Yangi gazeta", kundalik gazeta, 1980-yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1926-yildan), "Sentroamerikano" ("Markaziy amerikalik", kundalik kechki gazeta, 1917-yildan), "Poder sandinista" ("Sandinochilar hokimiyati", haftalik jurnal, 1980-yildan) va boshqa Axensia Nikaraguense de No-tisias — ANN hukumat axborot agent-ligi 1979-yil tuzilgan. "Telkor" davlat aloqa korporatsiyasi, Nikaragua radiosi hukumat radio stansiyasi (1979) va Milliy televideniye tizimi (1979) mavjud.

Adabiyoti ispanlar Markaziy Amerikaga kelgandan keyin 16-asr 2-yarmidan ispan tilida vujudga kelib, rivojlana boshladi. Fernandes de Ovye-do-iValdesning "Nikaragua tarixi" (16-asr oxiri)ni birinchi adabiy yodgorlik deb hisoblaydilar. 18-asr oxirlarida M. Larraynaga va R.F. Osexo ilmiy-ommabop asarlar va siyosiy makrlalar bilan maydonga chikdi. Ispaniyaning Amerikadagi mustamlakalari mustaqilligi uchun urush (1810—26) mamlakatda adabiyotni rivojlantirishga turtki boʻddi. Shu urush qatnashchisi F. Kin-ones Sunsinning qoʻshiqlar va hajviyalardan iborat "Sheʼrlar" toʻplami ada-biyotda romantizmga asos boʻldi. 19-asr oxi-rigacha davom etgan mazkur oqim A. Aragon, L. A. Vilya, K. Dias kabi adiblarni voyaga yetkazdi. 19-asr oxiri prozasida kos-tumbrizm qaror toddi. Bu oqim Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari adabiyoti va tasviriy sanʼatida xalq turmushini real aks ettirishga intilish tamoyilini ifodalar edi (G. Gusman romanlari, X. D. Games, A. F. Bala-nos ocherklari). R. Dario poeziyada modernizmga asos soldi. Shoirning "Lo-juvard", "Hayot va umid qoʻshiqlari" va boshqa toʻplamlariga kiritilgan asarlari vatanparvarlik tuygʻularini kuylaydi. 20-asr boshlarida S. Arguelo, X. Oliva-res, X. Salgado, S. Sakas, S. de la Selva sheʼrlari, E. Robleto romanlari shuhrat qozondi. 30-yillardan keyin koʻpgina shoir va yozuvchilar taʼq-ibga uchradi. Somosa rejimi agdaril-gach, adabiyot gurkirab rivojlandi. J. Belli, E. Ilyeskas, K. Peres Alonso, E. Gutyerres, Fanor Telyes, X. Valye-Kastilo kabi shoirlar ozodlikni madh etuvchi sheʼrlar yaratishdi. Adiblardan L.A. Kabrales, B.Morales, S. Ramires asarlari shuhrat qozondi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikaraguadagi qadimgi indeys madaniyati Meksika, Kolumbiya, Panama madaniyatlari taʼsirida boʻlgan. Qoyalardagi tasvirlar, boʻrtma tosh ustunlar, tosh haykal va haykalchalar, sopol guldon va boshqa saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli, qalin devorli uylar (hovlisi bilan), toʻgʻri, tor koʻchalar va maydonlardan iborat shaharlar barpo etilgan. 17—19-asrlarda qurilgan cherkovlarda barokko (Leondagi sobor, 1747— 1825), soʻng klassitsizm (Granadadagi San-Fransisko cherkovi, 1862) uslu-biga xos naqshlar bilan bezatilgan. 20-asrda Managua shahrida zamonaviy meʼmorlik uslubida qurilgan imoratlar paydo boʻldi (meʼmor P. Dambax va boshqalar). Keyingi asrlarda tasviriy sanʼat ravnaq topdi. Zamonaviy ustalardan rassom A. Alonso Rochi, oʻymakor X. Amador Lira, gravyurachi S. _l^_:__2_ Baraonalar mashhur.

Xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, kashtachilik kabi turlari ommalashgan. Managua shahrida nafis sanʼat maktabi mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil