Naftali Bennett
Naftali Bennett | |
---|---|
Isroil Bosh vaziri | |
Mansab davri 13-iyun, 2021-yil | |
Prezident |
Reuven Rivlin Isaac Herzog |
Oʻtmishdoshi | Benjamin Netanyahu |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
25-mart 1972-yil Hayfa |
Imzosi |
Naftali Bennett[1] (1972-yil 25-martda tugʻilgan) isroillik siyosatchi, 13-iyun 2021-yildan buyon Isroilning 13- hamda amaldagi bosh vaziridir.[2] U 2013-yildan 2019-yilgacha diasporalar ishlari vaziri, 2015-yildan 2019-yilgacha taʼlim vaziri va 2019-yildan 2020-yilgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Yangi oʻnglar partiyasini 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda, ilgari 2012-yildan 2018-yilgacha Yahudiylar uyi partiyasini boshqargan.[3]
Bennett Hayfada tugʻilib oʻsgan boʻlib, uning ota-onasi AQShdan koʻchib kelishgan. U Isroil mudofaa kuchlarining Sayeret Matkal va Maglan maxsus boʻlinmalarida xizmat qilib, koʻplab jangovar operatsiyalarga rahbarlik qilgan, keyinchalik esa dasturiy taʼminot sohasidagi tadbirkorga aylangan. U, shuningdek, 1999-yilda asos solingan firibgarlikka qarshi kurashuvchi AQShning Cyota shirkati hamasoschisi va hamegasi boʻlib, bu shirkat asosan onlayn bank va elektron tijorat firibgarligi va fishingga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.[4] Bu shirkat 2005-yilda $145 millionga sotilgan. Shuningdek, u 2013-yilda $100-130 millionga sotilgan Isroilning bulutli hisoblash xizmati sanalmish Soluto shirkatining bosh ijrochi direktori (BII) sifatida ham faoliyat yuritgan.[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ivritcha: נַפְתָּלִי בֶּנֶט
- ↑ Michael, Bachner „Swearing-in of Bennett-Lapid gov't that would replace Netanyahu set for Sunday“. The Times of Israel (8-iyun 2021). Qaraldi: 11-iyun 2021.
- ↑ Wootliff, Raoul „Yamina party officially splits into New Right, Jewish Home-National Union“. The Times of Israel (10-oktabr 2019). Qaraldi: 21-oktabr 2019.
- ↑ „Cyota“. crunchbase.com. 2014-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart.
- ↑ David Shamah.. „Bennett repeats success with new $100 million exit“ (30-oktabr 2013). Qaraldi: 1-noyabr 2013.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti
- Naftali Bennett Isroil Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vebsaytida
- Naftali Bennett Curlie katalogida