Kontent qismiga oʻtish

Najd va Hasa Amirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Najd va Hasa Amirligi
إمارة نجد والأحساء

‘Imāra Najd wal-Āḥsā‘

bayrogʻi
Location of Najd va Hasa Amirligi
Poytaxt Ar-Riyod
Eng katta shahar Ar-Riyod
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Mutloq Teokratik Monarxiya
• Amir
Abdul Aziz ibn Saud
• Tashkil Topgan
1913-yildan
• Tugatilgan
1921-yil 2-noyabrgacha

Najd va Hasa amirligi yoki Uchinchi Saudiya davlati — 20-asrning birinchi choragida Arabiston yarim orolida mavjud boʻlgan davlat.

1890-yillarga kelib, Ikkinchi Saudiya davlati quladi va uning koʻp yerlari Jabal Shammar amirligi nazoratiga oʻtdi.

1902-yilda Saudiya hukmdorlarining avlodi Abdul Aziz Jabal Shammarga qarshi urush uyushtirishda yordam soʻrab Quvayt amiriga murojaat qildi. Amir Jabal Shammarda hukmronlik qilgan Rashidiylar bilan ziddiyatda bo‘lganligi sababli, u odamlar va qurol-yarog‘ bilan ta’minladi. Qattiq bosqin natijasida Abdul Aziz oz sonli odamlari bilan saudiyaliklarning ota-bobo shahri – Ar-Riyodni egallashga muvaffaq boʻldi va oʻzini Saudiya davlatining yangi amiri deb eʼlon qildi.

Keyingi bir necha yil Saudiyaliklar va Rashidiylar oʻrtasida kurash bilan oʻtdi, natijada Al-Qosim hududi Abdul Aziz nazoratiga oʻtdi. 1913-yilda Usmonli qoʻshinlarining mintaqadagi zaifligidan foydalanib, Al-Hasa va Al-Qatifni qoʻlga kiritdi.

Birinchi jahon urushi paytida inglizlar Abdul Aziz bilan oʻzlarining agenti Uilyam Shekspir orqali aloqaga kirishdi, buning natijasida 1915-yilda Darin shartnomasi imzolandi. Shartnomaga koʻra, Abdul Aziz Fors koʻrfazi sohillaridagi inglizlar himoyasidagi davlatlarga hujum qilmaslikka vaʼda berdi va buning evaziga unga Britaniya protektoratini kafolatladi.

Biroq urush davrida inglizlar nafaqat Abdul Aziz bilan muzokaralar olib bordilar, urushdan keyin esa sobiq Usmoniy imperiyasining arab yerlarida Hijoz podsholigi vujudga keldi. Uning hukmdori Husayn ibn Ali arablarni oʻz bayrogʻi ostida birlashtirishni daʼvo qildi. 1919-yilda u oʻz qoʻshinlarini Najdning chegara hududlariga yubordi, ammo magʻlubiyatga uchradi. Buyuk Britaniya oʻz ittifoqchisi Husaynning ambitsiyalarini moʻtadil qilishni foydali deb hisobladi, lekin uni magʻlub boʻlishiga yoʻl qoʻymadi.

1921-yilda Abdul Aziz nihoyat Jabal Shammarni magʻlub etdi va uning yerlarini qoʻshib oldi va oʻzini Najd sultoni deb eʼlon qildi.

  • «История Востока» в 6 томах. Т. V «Восток в новейшее время (1914—1945 гг.)» — М.: издательская фирма «Восточная литература» РАН, 2006. ISBN 5-02-018102-1