Kontent qismiga oʻtish

Namadi masjidi hujralari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Namadi masjidi hujralari
Joylashuv Buxoro
Turi hujra
Xarita

Namadi masjidi hujralari ushbu o‘quv dargohi haqida faqat bittagina hujjatda maʼlumot bor. Unda qozikalon Mir Badriddin oliy hukmdorga arz qilib, Namadi masjidi hujralarida istiqomat qilgan mulla Sami' uni tark etgani va uning bo‘sh qolgan o‘rniga mulla Nurali ismli ilm tolibi qo‘yilishini maʼlum qiladi. Joy haqi 3 tilla. Namadi masjidi Muhammad Sharif maxdum tuzgan masjidlar ro‘yxatida ham qayd etilgan. Tadqiqotchilar N.Yo‘ldoshev va H.Qurbonov Kalabod dahasida joylashgan shayx Hasan ibn Yusuf ibn Buxoriy as-Sam’oniy Namadpo‘sh qabri haqida maʼlumot bergan. U Buxoro ahlining muqaddas ziyoratgohlaridan biri bo‘lgan ekan. Mazkur shaxs qoraxoniy Arslonxon davrida yashagan va hijriy 509-yili (1115 — 1116) vafot etgan. Balki, u bilan Namadi masjid madrasasi tarixida bog‘liqlik bordir.[1]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 388.