Kontent qismiga oʻtish

Namanganskaya pravda

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Namanganskaya pravda („Namangan haqiqati“) – Namangan viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi[1]. Namangan shahrida rus tilida haftada 1-marta chiqadi.

Dastlab 1917-yil noyabr oyida „Izvestiya Namanganskogo Sovdepa“ („Namangan deputatlari kengashi xabarlari“, 1917— 20) nomi bilan chop etilgan. Turli yillarda „Rabochiy put“ („Ishchi yoʻli“, 1920-21), „Udarnik“ („Zarbdor“, 1934— 45), „Za kommunizm“, („Kommunizm uchun“, 1941—58) nomlari bilan nashr etilgan. 1958-yildan buyon hozirgi nomda chop etilmoqda [2].

Gazetada ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hamda bozor islohotlariga oid taxliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, undagi maxsus rubrikalarda sanʼat va adabiyot haqidagi xabarlar, ijodkorlarning asarlari muntazam chop etib boriladi. Adadi 4000 ga yaqin (2024).

2019-yildan buyon gazetaning veb-sayti faoliyat yuritmoqda. [3]

Gazetaga 2020-yildan buyon Odiljon Inomov bosh muharrirlik qilib kelmoqda[4].