Kontent qismiga oʻtish

Namuna qishlogʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Namuna
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Xorazm viloyati
tuman Xonqa tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 90

NamunaXorazm viloayti Xonqa tumanidagi 10 ta fuqarolar yigʻinidan biri hisoblanadi. Qishloqning umumiy yer maydoni 3.325 gekarni tashkil qiladi. Qishloqda yashovchi aholi 7500 kishidan ortiq.[1] Qishloq bir qancha elatlarni birlashtirgan. Bulardan; Turkiston, Dosh, Nonli, Zargar, Ollashboy, Killavush, Tuproq, Javza kabi qadimiy elatlar yashaydi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qariyalarning aytishicha bu yerni dastlab Turkiston deb nomlangan boʻlib keyinchalik namuna qishlogʻi nomiga oʻzgartirilgan. Turkiston deb nomlanganligini qariyalar shunday deb aytishadi. Janubiy Qozog'istonning Turkiston sharhidan 3 ta oila kelib oʻrnashgan va ular shu yerda yashab qolgangan. Vaqtlar oʻtishi bilan bu yerda insonlar koʻpayib, koʻchib kelgan aholi bu yerlarni oʻz ona yurtlari nomi bilan atashgan. 1931-yilda Tomadurvadik qishlogʻi bilan qoʻshildi.[2] Namuna qishlogʻi 1969-yilda Tomadurvadik qishlogʻiajratildi va uning bir qismi „Namuna“ deb aytila boshlangan boʻlsa qolgan qismi Tomadurvadik deb nomlangan.

Qishloqni bir tomondan Amudadaryo qishlogʻi oʻrab tursa boʻlsa boshqa tomonida Xorazm fermerlik xoʻjaligi bor.[1] Janub tomondan Madir qishlogʻi bilan chegaradosh boʻlsa boshqa taraflardan Xonqa shaharchasi va Tomadurvadik qishloʻgʻi bilan Chegaradosh hisoblanadi. Qishloq hududidan Shovot, Xonqa arna, Kichikyop kanallaridan oqib oʻtadi. Aholi bu kanallardan ichimlik va sugʻorish maqsadida foydalanadilar.

Infratuzilma obyektlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda 3 ta maktab va shuncha bolalar bogʻchasi va bitta kollej faoliyat yuritadi. Shu bilan birga Xiva gilam fabrikasining boʻlimi ham faoliyat yuritadi.

Qishloqning mashxur kishilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda bir qancha fan va sanat arboblari yashaydi. Bulardan; Doʻstjon Matjanov, tarix fanlari doktorlari Nuriddin Qalandarov, Solay Oʻrinov, fan nomzodilari otaboy Sobirov, rahim Sobirov, beymamat Madrahimov va shoirlardan Shukur shoir Shoira qizi , Shoira Olmaxon Otajonovalar istiqomat qiladi.

  1. 1,0 1,1 Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.
  2. OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI. Toshkent. 2022